Fiziologiyasi va gigiyenasi


 Toksikoz yoki ovqatdan zaharlanish



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

11. 6. Toksikoz yoki ovqatdan zaharlanish
Odam kasallik qo'zg'atuvehi mikroblar yoki organizm uchun 
zararli moddalarni saqlagan taomlarni iste'm ol qilish hisobiga za- 
harlanib qoladi. Zaharlanishning bakterial va bakteriyasiz turlari 
farqlanadi.
Bakterial zaharlanish ovqatda o'zidan toksin (zahar) ajratuvchi 
mikroblar to'planishi tufayli sodir bo'ladi. Bakteriyasiz zaharla-
357
www.ziyouz.com kutubxonasi


nish o'sim lik. hayvonlarning zaharli moddalari, shuningdek, ba'zi 
kimyoviy moddalarning ovqatga tushishi natijasida sodir bo'ladi.
Bakterial zaharlanish. 
Bolalar va o'sm irlarda salmonellyoz 
kasalligi salm onellalar tushgan ovqatni yeganda rivojlanadi. Osh- 
xonada xom go'sht to 'g 'ralg an stol. taxtakach. pichoq va bosh- 
qalarda salm onellalar bo'lishi mumkin. L'larni pashsha, sichqon, 
kalamush. it. mushuk ham tarqatadi. Q o'l iflos b o ig a n d a ham ka- 
sallikka chalinish ehtimoli yuqori bo'ladi. Salmonellasi bor g'oz. 
o 'rd ak tuxumini iste'm ol qilganda ham odam zaharlanishi mumkin.
Salm onellalar tashqi muhitning turli ta'siriga; quyosh nuriga chi- 
damli. past haroratda quritilganda ham nobud bo'lm aydi. Ularning 
ko'payishi uchun. ayniqsa, sun'iy qobiqqa tiqilgan sosiska, kolbasa 
qulay muhit hisoblanadi. Salm onellalar bilan zararlangan mahsu- 
lotlarning hidi ham. tashqi ko'rinishi ham. ta'm i ham o'zgarm aydi.
Zaharlanish belgilari. 
Salmonellalar tushgan ovqatni iste'm ol 
qilgandan bir kun o'tgach zaharlanish alomatlari pay do b o ia d i. O 't 
pufagining atrofida og'riq paydo b o iib , bemor qusadi. ichi ketadi. 
harorati ko'tariladi. O g'ir hollarda bosh og'rivdi, bemorning tin- 
ka-madori quriydi. sovuq ter chiqadi. terisi quriganga o'xshaydi, 
tirishishadi, qon bosimi pasayib ketadi. rangi sarg'ayadi. Davo qi- 
linsa bem or sog'ayadi.
Botulizm. 
Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan 
zararlangan ovqatni iste'm ol qilish tufayli odam o 'tk ir va o g 'ir 
zaharlanadi. K o'pincha odam toksinli konserva mahsulotlari (sab- 
zavotlar. mevalar, qo'ziqorin), tuzlangan baliq, dudlangan m ah­
sulotlar va boshqalarni iste'm ol qilganda zaharlanadi. Botulinus 
tayoqchasi tushgan konservaning usti bir oz ko'tarilgan bo'ladi. 
Odam zararlangan ovqatni yegandan keyin bir necha soat o'tgach 
zaharlanish belgilari paydo b o ia boshlaydi. Muskullari bo'sha- 
shadi, boshi og'rivdi, ko'zi yaxshi ko'rm ay qoladi. og'zi quriydi, 
vutishi qiyinlashadi. nutqi buziladi. O g 'ir hollarda nafas olishi va 
yurak faoliyati buziladi, bem or hatto o 'lib qolishi mumkin. Kasal- 
lik 2 -3 kundan 2 -3 h af tagacha davom \ etadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin