Moliya bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Tartibga solish usullari Bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) Bilvosita normativ-huquqiy baza
qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassislarini attestatsiyadan o’tkazish
pul-kredit siyosati
soliq siyosati
professional faoliyat turlarini litsenziyalash
fond bozori faoliyatini nazorat qilish
va boshqalar
foiz stavkalarini tartibga solish siyosati
va boshqalar
AQShda federal darajadagi regulyatorlarning guruhlanishi
- Valyuta nazorati boʻlimi (OCC)
- Omonatlarni sug‘urtalash boʻyicha federal korporatsiya (FDIC)
- Banklar uchun federal zaxira
- Kredit uyushmalari uchun Kredit uyushmalari milliy ma'muriyati (NCUA)
- Dodd-Frank qonuni tomonidan yaratilgan iste'molchilarni
moliyaviy himoya qilish byurosi (CFPB)
Jahon fond bozori savdo hajmi 2019-yilda jami 86,6 trln. AQSh dollarini tashkil etib, unda asosiy ulushni AQSh 36,3 % (23,8), Xitoy 10,1 % (6,6), Yaponiya 7,9 % (5,2) Gong Kong 6,3 % (4,1) Buyuk Britaniya 4,6 % (3,0) kabi mamlakatlar egallab turibdi. Jahonda ushbu bozor infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha yetakchi hisoblangan, yuqorida sanab o‘tilgan va Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Shveysariya kabi 10 ta mamlakatning ulushi 51,4 foizni tashkil etganligi O‘zbekistonda ham moliya bozorini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Fond bozori – bu, bir tarafdan, o‘ziga xos tovar – qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi jami iqtisodiy munosabatlar, boshqa tarafdan, fond bozori tizimi elementlarining o‘ziga xos tashkiloti va o‘zaro munosabatlari (ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari sifatida).
Fikrimizcha, “fond bozori infratuzilmasi – fond bozorining samarali faoliyat yuritishi va mavjud bo‘lish sharti hisoblangan, fond bozori qonun qoidalariga asosan faoliyat yuritadigan, alohida hamda mustaqil bo‘lgan tizim va tuzilmalar majmuasi” sifatida talqin etiladi.