Fonetika “Ilm – qaytarish va takrorlash mevasidir”



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix09.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#153402
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
ona tili. qo\'llanma. FONETIKA

8.
 
Marosim, afsona nomlarini
bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, 
kelintushdi, urto‘qmoq, ochildasturxon. 
9.
 
Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‟zi 
bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib 
yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzaobod, Dehqonobod, Balandmachit. 
Eslatma!
Ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna 
Urganch, O‘rta Chirchiq 
10.
 
Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
kinoteatr, radiostansiya, teleko‘rsatuv, telestudiya fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra,
11.
 
Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qio‘shib yoziladi: 
SamDU, ToshDU.
CHIZIQCHA BILAN YOZISH
1.
Juft so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, kiyim-kechak, adi-badi, oz-moz. 
2.
Agar juft so‘zlar orasida u-yu yuklamasi kelsa, ana shu yuklamalardan oldin chiziqcha 
qo‘yiladi: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz, ota-yu ona. 
3.
Qop-qora, qip-qizil, yam-yashil, sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar 
chiziqcha bilan yoziladi. Lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi. 
4.
–ma, -ba qo‘shimchalari yordamida birlashgan qismlar chiziqcha bilan yoziladi: uyma-
uy, ko‘chama-ko‘cha, rang-barang, dam-badam 
Eslatma: lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib 
yoziladi: darbadar, ro‘baro‘ 
5.
–chi, -a, -ya, -u, -yu, -ku, -da yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi, -mi, -oq, -yoq, -gina, -
kina, -qina, -dir yuklamalari esa o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Sen-chi? 
Senmi? 
6.
Tartib son arab raqami bilan yozilsa chiziqcha qo‘yiladi, rim raqami bilan yozilsa 
chiziqcha qo‘yilmaydi: 1995-yil, 3-kurs / XXI asr, X sinf. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin