Fonetika, orfoepiya va orfografiya aloqadorlikda o'rganish reja



Yüklə 257,72 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü257,72 Kb.
#169872
1   2   3   4   5   6   7
FONETIKA, ORFOEPIYA VA ORFOGRAFIYA ALOQADORLIKDA O\'RGANISH

3. Аn’аnаviy tаmоyildа so‘z vа mоrfеmаlаr qаdimdаn аn’аnаgа аylаnib qоlgаn qоidаlаr аsоsidа yozilаdi. Bu tаmоyilgа ko‘rа hаm so‘zning аytilishi uning yozilishidаn fаrq qilаdi. Lеkin bundа mоrfоlоgik tаmоyildаgi singаri mоrfеmаning yagоnа shаkllаnishi grаmmаtik qоidаgа аmаl qilinmаydi. Аksinchа, so‘zlаrning hаrfiy ifоdаsi ulаrning tаriхаn o‘zlаshib, singib kеtgаn shаkligа tеng kеlаdi: Chor Rossiyasi, cherkov, pudratchi, fahm muоmilа (muоmаlа o‘rnigа), kаbutаr (kаptаr o‘rnigа). Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Odatda, ba’zi tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuzi normasiga yaqin turadi. Masalan o‘zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg‘ona vodiysi shevalarining talaffuzi asos qilib olingan. Rus adabiy tilining talaffuziga esa Moskva va Leningrad shevalari asos sifatida qabul qilingan. Orfoepik me’yorlar makon va zamonda farqlanadi, o‘zgaradi. Ya’ni har bir til o‘zining ma’lum davrdagi adabiy talaffuz normalariga ega bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan tildago fonetik, leksik va boshqa yangilanishlar natijasida ozgarishi mumkin. Orfoepiya nutqning talaffuz me’yorlari amaliy jihatdan qanday bo‘lishini fonetika va fonologiyadagi nazariy tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. O‘zbek tilida avvalgi adabiy talaffuz me’yorlari eski o‘zbek adabiy tili negizida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning yuksalishi, xalq madaniy saviyasining tobora o‘sib borishi, umumiy savodxonlik, o‘rta va oliy maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda belgilangan.
Fonetik tamoyil. Bu orfografiyaga xos asosiy mavqe egallovchi prinsiplardan bo‘lib, unga ko‘ra so‘zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda yoziladi.So‘zshakllarning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar hisobga olinadi. Chunonchi, yurak-yuragi, yurakka, son-sana, sanoq, sanog‘i, qishkoq-qishlogim, qishloqqa kabi. Demak, fonetik prinsipda so‘zning aytilishi bilan yozilishi bir-biriga mos keladi. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi [-ga], sifatdosh shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha [-gan], chegara ma`nosini ifodalovchi murakkab affiks [-gacha], payt va maqsad ravishdoshi shaklini yasovchi [-gach], [-guncha], [-gani], ozaytirma sifatni hosil qiluvchi [-gina] kabi affikslar o‘zak-negizi k, q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, muayyan so‘zshakllari fonetik tamoyil asosida yoziladi. Masalan, terakka, buloqqa, ekkan, boqqan, eshikkacha, quloqqacha, ayriliqqacha, zerikkach, chiqqan, tikkuncha, taqquncha, yoqqani, chekkani, kichikkina, iliqqina va h.k.

Yüklə 257,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin