1
FORTEPIANODA ETYUD BILAN ISHLASH USULLARI.
Egamqulov Oybek Altmishevich –
Jizzax Davlat Pedagogika instituti o’qituvchisi
Rahmonqulova Sojida Ikromovna
Jizzax Davlat Pedagogika instituti Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’limi
“Musiqa ta’lim” S1101-20 guruh talabasi
Anotatsiya
:
Ushbu maqolada
o’rta va san’at maktablarda asosan texnik asar
sifatida beriladigan Etyud mavzusi yoritilgan. Shuningdek, texnik etyudlar va
badiiy etyudlarning farqli tomonlari haqida ma’lumotlar hamda, badiiy
etyudlarning ijrochilikdagi o’rni bilan texnik etyudlar orasidagi farqlarni
ko’rishimiz mumkin
Kalit so’zlar:
Etyud, K.Cherni, F.List, Paganini mavzusi.
Musiqa olamida har bir cholg’uchi borki, etyudga murojat qilmaslikning iloji
yo’q. Bu esa o’z-o’zidan etyudning cholg’u ijrochiligida muhim ahamiyat kasb
etishidan dalolatdir. O’quvchilarning bolalar musiqa maktablarida va barcha oliy
ta’lim dargohlarida etyudlar bilan shug’ullanishi zarur va dolzabdir.
Avvalo etyud nima degan savolni o’zimizga berishimiz kerak bo’ladi.
Etyud –musiqa janrlaridan biri bo’lib, Fransuz tilidan tarjima qilinganda mashq,
mashq qilish, o’rganish degan ma’nolarni bildiradi va
odatda musiqa ijrochisiga
qiyin bo’lgan qaysidir bir usullarni va asar davomida uchraydigan shakllarini
qayta-qayta chalib o’zlashtiriladigan kichik asarni tushuniladi. Etyud boshqa
san’at yo’nalishlarida bo’lgani kabi musiqa sohasida ham uchraydi va muayyan
texnik jihatdan malakasini oshirishga mo’ljallangan pyesadir. Etyud XIX asrda
musiqa cholg’ulari takomillashuvi hamda virtuoz
ijrochiligining yuksalishi
natijasida rivoj topdi. Bunday asarlarni ko’plab kompozitorlar ijodida ko’rishimiz
mumkin. Masalan K.Cherni, Moskovskiy, M.Klementi, F.Shopen, F.List va
2
boshqa ko’plab kompozitorlar yaratgan asarlar bunga yorqin misol bo’ladi.
Etyudlar badiiyligi va tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.
Badiiy etyudlar.
2.
Texnik etyudlardir.
Fortepiano ijro texnikasini shakllantirish uchun qo’yiladigan dastlabki
talablardan biri bu gavdani to’g’ri tutish, qo’l holatida bilak tepaga ko’tarilmagan
(ayniqsa akkordlar ijrosi paytida) tirsak tepadan 30 gradus burchak holda turishi
maqsadga muofiqdir. Chunki qanchalik erkin o’tirilsa qo’llarning tezroq yurishiga
zamin yaratiladi va albatta asarning texnikaviy jihatdan qo’yilgan maqsadga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asarni o’rganish
jarayonida ham, ijro paytida ham klaviaturaga qarab emas
balkim, notaga qarab chalish ko’nikmasini shakllantirish kerak. Bunda barmoq
xotirasi yaxshi rivojlanadi. Chunki aynan aplikaturaning qulayligi asarni eslab
qolish jarayonini, barmoqlar xotirasini mustahkamlab, tez sur’atli passajlar ijrosini
yengillashtiradi. Texnik usullarni shartli ravishda kichik va yirik usuldagi
mashqlarga bo’lamiz. Kichik usuldagi mashqlarga “Punktir”,”Grupirovka” (2,3,4)
lar kiradi. Punktir usuli barmoqlarning mustahkam
va sanoqlarning tekis
bo’lishiga xizmat qiladi. Bu usulda asosan 2 tovush orasining birini qisqa va
birini uzun chalish orqali bajariladi.
San’at maktablarida asosan K.Cherni etyudlariga murojaat qilinadi.
Chunki u yaratgan etyudlarning aksariyati kichik barmoqlar texnikasini o’stirishga
mo’ljallangan. Bular: tezlik-chaqqonlik, ijroda tekislik va aniqlikka ega bo’lishga
yordam beradi. Shuni ham aytish mumkinki K.Cherni tomonidan katta ahamiyat
berilgan texnik ko’rinishdagi gammalarni mashq qilish juda foydalidir.
K.Cherninig aksariyat etyudlari badiiy imkoniyatlarga boy. Bundan tashqari ular
barmoqlar harakatining turli hil usullariga asoslanganligiga guvoh bo’lishimiz
mumkin. K.Cherni etyudlaridan biri chap qo’lning
mayda texnikasini
o’zlashtirishga yana biri oktava passajlarini o’zlashtirishga yana qaysidir biri
oktavaga, tersiyalangan tovushni o’zlashtirishga va 1-barmoqni to’g’ri qo’yishga
yordam beruvchi etyudlar hisoblanadi.
3
Yuqorida aytib o’tilganidek etyudlar texnik va badiiy etyudlarga ajratiladi.
Badiiy etyudlarning texnik etyudlardan farqi ijro etish uchungina mo’ljallanib
qolmay balki, konsert etyud ya’ni asar bo’lib, unda badiiy obrazning mavjudligi
bilan, hajmi va faktura jihatidan texnik etyudlardan farq qilinadi. Yana bir farqi
shundan iboratki, texnik etyudlar butun asar davomida ma’lum bitta texnika ustida
ishlash va o’zlashtirishga yordam berishga mo’ljallanib yoziladi. Masalan,
K.Cherninig qaysidir etyudi chap qo’l mayda texnikasini o’zlashtirishga yoki
tertsiyalangan tovushlarni o’zlashtirishga yana biri birinchi barmoqni to’g’ri
qo’yishga yordam beruvchi etyudlar bo’lishi mumkin. Badiiy etyudlarda esa bitta
asarni o’zida turli xil texnik pryomlarni qamrab oladi ya’ni o’sha bitta asarda ham
ikkilangan,
ham tersiyalangan tovushlarga, mayda texnikalarga, oktavalarga va
arpedjiolarga mo’ljalangan bo’ladi. Shuning uchun ular faktura jihatdan ancha
boy va murakkab bo’ladi. Badiiy etyudlarni ko’pgina mashxur kompozitorlarning
ijod namunalarida ko’rish mukin. F.Listning “Paganini mavzusiga” bag’ishlangan
6 ta etyudlar, katta 12 ta etyudi, Shopen 27 ta etyudi,
Rahmaninovning etyud
kartinalari, Debyussining 12 etyud sikli nomli etyudlarini o’rganishimiz mumkin.
Shulardan K.Chernining shogirdi F.Listning “Paganini mavzusiga” yozilgan 6 ta
etyudini ko’rib chiqadigan bo’lsak ushbu etyudlar Paganining mohirona
texnikasidan ta’sirlangan holda yozilgan va bu etyudlarning mavzusi ham Poganini
mavzularidan olingan. K.Chernining o’quvchisi bo’lmish F.Listning o’zi texnik
pryomlarni 4 guruhga bo’lgan.
1.Oktava –akkordlar. 2.Trembilalar. 3.Tertsiyalangan tovushlar. 4. Gamma va
arpedjiolar. Listning ushbu pryomlarning hammasini o’zining etyudlarida
qo’llagan. Paganini mavzusiga bag’ishlangan 1-etyudi trembilaga mo’ljallangan.
Lekin faqat shu bilan cheklanibgina qolmasdan asarda boshqa texnik pryomlardan
foydalangan. Kirish qismida arpedjiolangan va xromatik passajlarni ko’rishimiz
mumkin. Asosiy qismda esa chap qo’l uchun trembilalar berilgan. Faqatgina asosiy
trembila emas balki, oktavali, arpedjioli, tertsiyalangan trembilalarni uchratishimiz
mumkin.
4
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, har bir cholg’u uchun mo’ljallangan
etyudlardan foydalanish ijrochida texnik mahorat va ijroda qiyinchilik tug’diruvchi
shakl va jumlalarni amalga oshirishda amaliy yordam beradi.