Fotoelektrik datchiklarni hisoblash va puxtaligini aniqlash. Fotoelektrikni xisoblash misoli


Funksional sxemasini tuzish va ushbu sxemada datchikning o‘rni



Yüklə 87,9 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü87,9 Kb.
#197022
1   2   3   4   5   6   7
ATV kurs ishi0

5. Funksional sxemasini tuzish va ushbu sxemada datchikning o‘rni.
Umuman olganda funksional sxema alohida olingan xar bir elementning avtomatik rostlash tizimi tarkibida uzining bajaradigan vazifasiga qarab tutgan o‘rnini ko‘rsatuvchi asosiy sxemalardan xisoblanadi. Bu yerda texnologik qurilma, turli uskunalar, nazorat o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish vositalari va ular orasidagi bog‘lanishlar, shartli belgilar asosida ko‘rsatiladi. Yordamchi qurilmalar (ta’minlash manbalari, rele, avtomatlar, o‘chirgichlar, saqlagichlar va boshqalar) sxemalarda ko‘rsatilmaydi.
Avtomatlashtirishning funksional sxemalari texnologik qurilma va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ularni sxemada soddalashtirilgan xolda ko‘rsatiladi.
Avtomatlashtirish vositalari normativ xujjatlar bo‘yicha tanlanadi. Bu standartga asosan birlamchi o‘zgartkichlar, datchiklar va asboblar, jumladan

3-rasm. Haroratni qabul qiluvchi organning ko‘prik sxemasi (a); va termorezistorni volt-amper tavsifnomasi (b) (punktir chiziq bilan mis qarshilik termometr, to‘g‘ri chiziq bilan yarim o‘tkazgichli termodatchik ko‘rsatilgan)


o‘lchovchi, rostlovchi, nazorat qiluvchi va signallovchi elementlar doira shaklida, ijrochi mexanizmlar esa kichik diametrli doira shaklida ko‘rsatiladi.


O‘lchanayotgan kattalikning turli va funksional tarkibiga ko‘ra asboblar grafik belgi ichiga yoziladigan lotin alfavitining biror xarfi orqali belgilanadi. Funksional vazifasiga ko‘ra bitta xarf sxemada bir necha marta takrorlanishi mumkin. Ko‘p xollarda asboblarning funksional belgilari Ye, T, K, U xarflari bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bu xolda ko‘rsatilayotgan asbob faqat ikki xarf yordamida belgilanishi lozim. Ularning birinchisi o‘lchanayotgan kattalikni, keyingisi esa asbobning funksional belgisini ko‘rsatadi. Masalan, TE- birlamchi xarorat o‘zgartkichi, RT- distansion uzatishga moslangan shkalasiz bosim o‘lchash asbobi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog‘lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yunalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (4 - rasm).



4 - rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi. TE - taqqoslash elementi; BQ-boshqarish elementi; IM - ijro mexanizmi; BO-boshqaruv ob’ekti; D – datchik (birlamchi o‘zgartirgich).

Yüklə 87,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin