4.3.Rele-kontaktli sxemalarni kontaktsiz elementlarga almashtirish Avtomatlashtirish tizimlarini kontaktsiz mantiqiy elementlar ishlatib tuzishda ikkita yo‘l mavjud: 1) rele-kontaktli sxemalarni kontaktsiz sxemalarga almashtirish yo‘li bilan; 2) avtomatlashtirish tizim uchun berilgan texnologik programma asosida kontaktsiz sxemalarni mustaqil ishlab chiqish yo‘li bilan.
Birinchi yo‘ldan foydalanish uchun amaliy ishga yaroqli va tekshirilgan sxemaning rele-kontaktli varianti mavjud bo‘lishi kerak. Bunday sxema bo‘lmaganda dastlab rele-kontaktli sxema tuziladi, so‘ng bu sxema kontaktsiz elementlarga almashtiriladi.
Algebraik ifodalar tuzish tartibi quyidagilardan iborat.
1. Chiqish signallari uchun struktura formulalar tuziladi.
2. Teskari aloqalar bo‘lmagan va teskari aloqali oraliq signallar uchun struktura formulalar alohida – alohida tuziladi.
3. Chiqish signallarining va teskari aloqali oraliq signallarining struktura formulalarida uchraydigan teskari aloqalari bo‘lmagan oraliq signallarning qiymatlari kirish signallarining ifodalari bilan almashtiriladi.
4. Olingan tenglamalar, agar mumkin bo‘lsa, algebraik teng qiymatliliklardan foydalanib almashtiriladi.
5. Almashtirilgan struktura formulalar funksional uzellar bilan guruhlanadi.
6. Tanlangangan tipdagi mantiqiy elementlarning xususiyatlarini hisobga olib, kontaktsiz sxema tuziladi.
Mantiqiy funksiyalar va ularning haqiqiylik jadvallari