4.Mantikiy elementlarni tanlash 4.1.Mantiqiy funksiyalar Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy bog‘lanishlarni o‘rganadi va faqat ikkita qiymat haqiqiy «1» va soxta «0» bilan ish ko‘riladi.
Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor.
1. Mantiqiy ko‘paytiruv, ya’ni kon’yunksiya «VA».
2. Mantiqiy qo‘shuv, ya’ni diz’yunksiya «YoKI».
3. Mantiqiy inkor «YO‘Q».
Asosiy mantiqiy funksiyalar mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Mantiqiy ko‘paytiruv «VA». Bu operatsiyani ikkita va undan ortiq fikrlar ustida bajarish mumkin. F= ab funksiyaning matematik ifodasi. Faqat va faqat argument a hamda argument b 1 ga teng bo‘lganda funksiya «1» qiymatni oladi, ya’ni ikkala qiymat ham haqiqiy. a va b qiymatlarning har qanday boshqa kombinatsiyasida 0 ni olamiz. Masalan: a = 0, b = 1, F = 0 · 1 = 0; a = 1, b = 0, F = 1 · 0 = 0.
Elektrik sxemada mantiqiy operatsiya «VA» ni amalga oshiruvchi element o‘zining ishlashi jihatidan ketma-ket ulangan rele kontaktlaridan tuzilgan zanjirga o‘xshaydi (1-jadval). Zanjir barcha kontaktlar qo‘shilganda yopiladi.
Mantiqiy qo‘shuv «YoKI». Bu operatsiya murakkab fikrdan iborat bo‘lib, fikrlarning tashkil etuvchilaridan hech bo‘lmaganda bittasi haqiqiy bo‘lganda fikr haqiqiy bo‘ladi, agar barcha fikrlar noto‘g‘ri bo‘lsa, murakkab fikr ham soxta bo‘ladi. Fikrning tashkil etuvchilari ikkita va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Struktura formulasi quyidagicha: F= a + b. Faqat va faqat ikkala argument qiymati 0 bo‘lganda funksiya 0 qiymatga ega bo‘ladi va kirish a yoki kirish b yoxud ikkalasi birgalikda 1 qiymatga ega bo‘lganda funksiya 1 qiymatni oladi.
Elektrik sxemada «YoKI» funksiyasiga kontaktlarning parallel qo‘shilishi mos keladi.
Mantiqiy inkor «YO‘Q». Bu operasiya haqiqiy fikrni noto‘g‘riga va noto‘g‘ri fikrni haqiqiyga o‘zgartiradi.
Struktura formulasi: F= a. Chiqish kirishga doimo qarama – qarshi bo‘ladi. Elektrik zanjirda mantqiy inkor ajratuvchi kontaktli relega o‘xshaydi, relega kuchlanish berilganda uning kontaktlari ajraladi.
Ko‘rib chiqilgan mantiqiy funksiyalardan tashqari, ulardan olingan hosilalar yanada murakkabroq mantiqiy bog‘lanishlar bilan ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: Pirs strelkasi deb ataladigan «YoKI-YO‘Q» funksiyasi, Shiffer shtrixi deb ataladigan «VA-YO‘Q» funksiyasi, «BIR QIYMATLILIK» (ekvivalentlilik) funksiyasi, «TENGMAS QIYMATLILIK» (noekvivalentlilik) funksiyasi, «IMPLIKASIYa» funksiyasi, «MAN ETISh» funksiyasi va boshqalar.&
1- жaдвaл
Pirs strelkasi «YoKI-YO‘Q» (yig‘indi inversiyasi). Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat ikkala argument 0 ga teng bo‘lganda funksiya 1 qiymatni oladi, ya’ni funksiyaga kiruvchi ikkala fikr soxta bo‘lganda bu funksiya haqiqiy bo‘ladi.
Elektrik sxemada Pirs strelkasi o‘zining ishlashi jihatidan ikkata va bundan ko‘p ajratuvchi kontaktlarni ketma-ket ulashga o‘xshaydi. Agar birorta ham relega signal berilmasa, zanjir berk bo‘ladi.
Shiffer shtrixi «VA-YO‘Q» (ko‘paytma inversiyasi). Struktura formulasi quyidagicha: . Faqat va faqat ikkala argument 1 qiymatga ega bo‘lganda funksiya 0 qiymatni oladi, ya’ni faqat funksiyaga kiruvchi ikkala fikr haqiqiy bo‘lganda funksiya soxta bo‘ladi.
Elektrik sxemada Shiffer shtrixi ikkita yoki undan ortiq ajratuvchi kontaktlarning parallel ulanganga o‘xshaydi. Ikkala relega signal berilganda zanjir ochiq bo‘ladi.
Bir qiymatlilik. Struktura formulasi: . Faqat va faqat ikkala argument ayni vaqtda bir xil qiymatga ega bo‘lganda, funksiyaning qiymati 1 bo‘ladi; argumentlar turli qiymatlarga ega bo‘lganda finksiyaning qiymati 0 bo‘ladi, ya’ni ikkala fikr ayni vaqtda haqiqiy yoki soxta bo‘lganda murakkab fikr haqiqiy bo‘ladi.
Tengmas qiymatlilik. Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat yo argument a, yohud argument b, lekin baravariga emas, 1 ga teng bo‘lganda funksiyaning qiymati 1 bo‘ladi, ya’ni faqat fikrlardan biri haqiqiy, boshqasi esa soxta bo‘lganda murakkab fikr haqiqiy bo‘ladi. Tengmas qiymatlilik shunday elektrik sxemaga o‘xshaydiki, bunda kirish signali kirishlarning faqat bittasiga berilganda chiqishda signal paydo bo‘ladi; kirishga ayni vaqtda ikkita signal berilganda sxemaning chiqishida signal bo‘lmaydi.
Implikatsiya. Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat argument a ning qiymati 1, argument b ning qiymati esa 0 bo‘lganda, funksiya 0 qiymatga erishadi, ya’ni birinchi fikr haqiqiy, ikkinchisi soxta bo‘lganda murakkab fikr soxta bo‘ladi.
Man etish. Struktura formulasi quyidagicha: . Agar kirish a har qanday bo‘lganda ham kirish b 1 ga teng bo‘lsa, funksiya 0 qiymatni oladi.
Ko‘rib chiqilgan barcha mantiqiy funksiyalarning shartli belgilari va ularning rele ekvivalantlari 4.1 – jadvalda keltirilgan.
Ko‘rilgan mantiqiy funksiyalarning istalgan biri faqat rele sistemalaridagina emas, balki kontaktsiz mantiqiy elementlarda ham ishlatilishi mumkin.