Haroratning ta'siri. Fotosintezning birlamchi fotofizik jarayonlari (energiyaning yutilishi va kuchirilishi, qo'zg'algan holga o'tishi) haroratga bog'liq emas. Ammo haroratga nisbatan fotosintetik fosforirlanish jarayoni o'ta sezgir hisoblanadi. Fotosintez jarayonidagi fermenlativ reaksiyalar tezligi harorat har 10°C oshganda 2-3 baravar ortadi (Q = 2-3).
Umumiy fotosintez jarayoniga haroratning ta'sirini uch qismga bo'lib qarash mumkin, ya'ni minimal, optimal va maksimal. Ammo Yer sharining turli qutblaridagi o'simliklar uchun ushbu ko'rsatkichlar turlicha bo'ladi. Masalan, shimoliy kenglik o'simliklarida fotosintez jarayonining borishi uchun eng past harorat -15°C bo'lsa tropik o'simliklarda nisbatan past haroratlar chegarasida, ya'ni 4-8°C atrofida bo'ladi.
Mo'tadil iqlim sharoitlarida o'suvchi o'simliklarda fotosintez uchun optimal harorat 20-25°C hisoblanib, haroratning bundan keyingi oshishi (40°C) fotosintez jarayonini ingibirlaydi va hatto o'simliklarning halokatiga (45°C) ham sababchi bo'lishi mumkin. Ammo ayrim cho'l o'simliklari 58°C haroratda ham fotosintez jarayonini amalga oshirishi mumkin. Ayrim o'simliklar fotosintezi uchun harorat chegarasini ularni chiniqtirish va moslashtirish orqali yoki bu darajada surish mumkin. Shuni aytib utish lozimki, haroratga nisbatan fotosintezning karboksillanish, fruktoza-6-fosfatni saxaroza va kraxmalga aylanishi hamda qandlarning barglardan o'simlikning boshqa organlariga oqishi jarayonlari nisbatan sezgir hisoblanadi.
Suvning mohiyati. Ma'lumki, suv fotosintezda bevosita ishtirok etuvchi asosiy moddalardan biridir, ya'ni substrat sifatida oksidlanadi va 02 manbayi bo'lib hisoblanadi. Fotosintezga suvning boshqa bir ta'siri shundaki, barglarning suvlilik darajasi barg og'izchalarining ochilib yopilishiga va shu yo'l bilan o'simlikga CO2 yutilishiga bevosita ta'sir qiladi. Biz bilamizki, fotosintez jarayonining asosiy ishtirokchilaridan biri bu CO2 birikmasidir. O'simlikni suv bilan muqobil ta'minlanishi, barg og'izchalarining holati va faoliyatini belgilaydi. Chunki bargning ortiqcha suvliligi ham fotosintez jarayoniga ingibirlovshi ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, haddan tashqari qurg'oqchilik ham hujayralarda ko'plab ABK gormonining ishlab chiqarilishi tufayli barg og'izchalarining yopilishiga olib keladi. Barcha biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning jadalligi hujayralarning suv bilan ta'minlanishiga bevosita bog'liqdir. Suv yetishmasligi elektronlaming halqali va halqasiz tashilishiga hamda fosforirlanishga salbiy ta'sir etib ATF/NADFH nisbatining buzilishiga olib keladi. Chunki ushbu holda ATF birikmasi sintezining ingibirlanishi ro'y beradi. Fotosintezning maksimal miqdori barglarda qisman suv yetishmaganda (suvga to'la to'yingan darajadan 5-20% atrofida) barg og'izchalari ochiq bo'lgan holatda ro'y beradi.