Fotosintyez ekologiyasi


Fotosintezning sof mahsuldorligi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#110423
1   2   3   4   5   6
fotosintezning-sof-mahsuldorligi

Fotosintezning sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida 
o’simlik quruq massasining barglari yuzasi hisobiga ortish nisbatiga 
aytiladi. Ko’pchilik o’simliklar uchun bu 5-12 g/m2 ga teng. 
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlaridan biri bo’lib, 
o’simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa 
funktsiyalariga ham ta‘sir etadi. Shuning uchun ham bu jarayonga 
tashqi va ichki omillarning ta‘sirini o’rganish katta ahamiyatga ega. 
O’simliklarning ontogenezida ham fotosintez jadalligi o’zgaradi. 
Ko’pchilik o’simliklarda fotosintez jadalligi o’sishning 
boshlanishidan to shonalash-gullash fazasigacha ortib boradi va 
maksimal darajaga erishadi. Keyinchalik esa asta-sekin pasaya 
boradi. Bu asosan o’simliklarning modda almashinuvi jarayonining 
faolligi natijasidir. 
Vegetatsiya davri qisqa bo’lgan efimer o’simliklari fotosintez jadal-
ligining maksimal darajasi mart oyining oxiri — aprel oyining bosh-
lariga, ya‘ni meva tugishning boshlanish davriga to’g`ri keladi. 
Butasimon va daraxtsimon ko’p yillik O’simliklarning 


boshlanishidan oldin sodir bo’ladi. Kuzga tomon fotosintez jadalligi 
pasaya boradi.
O’simliklar yorug`likka munosabatiga ko’ra: 
1. yorug`sevar
2. soyasevar guruhlarga bo’linadi. 
1. Yorug`sevar (geliofit) o’simliklar cho’llarda dashtlarda hayot 
kechirishga moslashgan ularda fotosintez jarayoni to’liq o’tishi 
uchun yorug`lik kuchi to’liq, ya‘ni 100 yoki 50 % bo’lishi kerakligi 
tajribalarda aniqlangan Ba‘zi o’simliklar jumladan Sudan 
savannalarida tarqalgan Oq akatsiya bulutli kunlarda ya‘ni 
yorug`lik nuri kamayganda va yomg`ir yoqqanda barglarini to’kadi. 
Қuyosh chiqishi bilan yana barglari o’sib chiqadi. 
Geliofit o’simliklarning barglari tuzilishi bilan ham yorug`likka 
moslashgan bo’lib, barglari sertomir, ustki tuklari kup, og`izchavlar 
kup bo’ladi. Ularning barg mezofilida ustunsimon hujayralari bir 
biriga zinch joylashib xloroplastlar miqdori ko’p bo’lib, hajmi
kichikroq buladi. 
2. Soyaga bardoshli o’simliklar guruhiga o’rmonda o’sadigan 
o’tlar, butalar, moxlar, paporotnik kabi o’simliklar kiradi. Ular 
yorug`likning 1/55 hatto 1/100 qismi berilganda ham fotosintez 
jarayoni davom etadi. Shuningdek o’simlikning soyada va 
yorug`likda o’sishiga qarab anatomik tuzilishi har xil bo’ladi. Shu 
bilan birga xloroplastlar hajmi va miqdori turlicha bo’ladi. 
Fotosintezni intensivligi asosiy fotosintetik organ barg dagi 
hujayralarning holatiga bog`liq . 


Fotosintez intensivligiga ta‘sir etuvchi ichki omillarning biri-
bargning yoshi, so’ngra barg og`izchalarining ochiq yoki yopiq 
bo’lishi, xlorofil miqdori va assimiliyatsiyatlarning harakatlanib va 
o’zgariib turishiga bog`liq.
Barg o’sishi bilan ma‘lum davrgacha fotosintez jadalligi ortib 
boradi Barg qarishi bilan sekinlashadi.
Fotosintez va moddalar almashinish javrayonida hosil bo’lgan 
mahsulotlar assimilyatlar deyiladi. Sintezlangan oddiy 
uglevodlarning bir qismi nafas olishda sarflansa, qolgan qismi esa 
birlamchi kraxmal va boshqa birikmalar hosil qilib, fotosintezni 
davom etishini ta‘minlaydi. Simntezlangan organik moddalar turli 
shakllarga o’tib o’simlik organlari bo’ylab harakat qiladi. Mevada 
ham fotosintez bo’ladi . Pishmagan olma, nuxat mevalarida. 
Yorug’lik. Yorug`lik fotosinteznnng asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
bo’lib, uning jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. 
Yorug`lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarning 80-85 foizini 
barglar yutadi. Lekin shundan fakat 1,5-2 foizi fotosintez uchun 
sarflanadi, ya‘ni kimyoviy energiyaga aylanib, organik moddalar 
tarkibida (makro-ergik bog`larda) to’planadi. Qolgan energiyaning 
45 foizi transpiratsiya uchun va 35 foizi issiklik energiyasiga aylanib 
sarflanadi. 
A.S.Famintsinning ko’rsatishicha (1880), fotosintez eng past 
yorug`likda, hatto kerosin lampasining yorug`ligida ham bo’lishi 
mumkin. Ayrim olimlarning-ko’rsatishicha, fotosintez kechki 
nomozshom va ba‘zi minta-qalardagi yorug kechalarda (ok. tun) 
kuchsiz bulsa ham davom etadi. 


Ko’pchilik o’simliklarda fotosintez tezligi yorug`likning jadalligiga 
bog`liq. U to’la quyosh yorugligining 1 gacha oshib boradi. 
Yorurliksevar o’simliklarda esa tuda kuyosh yorugligining 1 gacha 
oshib boradi. Yorug`lik kuchining bundan oshib borishi fotosintezga 
kamroq ta‘sir etadi. 
Fotosintezning yorug`likka tuyingan (maksimal) holati o’simlik tur-
lariga bog`liq. Bu daraja yorug`liksevar o’simliklarda ancha yuqrri, 
soyaga chidamlilarda esa past bo’ladi. Masalan, ayrim soyaga 
chidamli o’simliklarda (marshantsiya moxida) Fotosintezning 
yorug`likka tuyingan holati yorurlik 1000 lk bo’lganda yuz beradi, 
yorug`liksevar o’simliklarda esa 10000-40000 lk.da yuz beradi. 
Ko’pchilik qishloq xujalik ekinlari ham yorurliksevar o’simliklar 
guruhiga kiradi. Yorug`likning maksimal darajadan yuqori bo’lishi 
xlorofillarning va xloroplastlarning buzilishiga sababchi bo’lishi 
mumkin, natijada o’simliklarning maxsuldorligi kamayadi. 
Eng yuqori yorug’likda fotosintez jadalligi o’simliklarning nafas 
olish tezligidan sezilarli darajada baland bo’ladi, ya‘ni fotosintez 
uchun yutilgan CO
2
ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib 
chiqqan CO
2
ning miqdoridan ko’p bo’ladi. Yorug`likning pasayib 
borishi natijasida esa CO
2
lar urtasidagi farq ham kamayib boradi. 
Fotosintez jarayonida yutilgan CO
2
ning miqdori bilan nafas 
olishdan ajralib chikdan CO, ning miqdori bir-biriga teng bo’lgan 
yorug`lik darajasi - yorurdikning kompensatsiya nuqtasi deyiladi. 
Yorurlikning kompensatsiya nuktasi soyaga chidamli o’simliklarda 
kuyosh yorurligining 1 foizda, yorurliksevar o’simliklarda 3-5 
foizida sodir bo’ladi. 


Yorug`likning fotosintezdagi samaradorligiga boshqa omillar ham 
ta‘sir etadi. Masalan, xavodagi CO
2
ning miqdori kam va xarorat 
past bo’lganda yorug`lik jadalligining oshib borishi juda kam ta‘sir 
etadi. Havo tarkibidagi CO
2
ning miqdori bilan yorug`likning 
birgalikda oshib borishi fotosintez tezligini ham oshiradi. 
Fotosintezda yorug`lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol 
o’ynaydi. Spektrning kizil nurlari ta‘sirida fotosintez jadalligi eng 
Yuqorii darajada kechadi. Chunki bu nurlar bir kvantining 
energiyasi 42 kkal/molga teng bo’lib, xlorofill molekulasini 
kuzgalgan xrlatga o’tkazadi va energiyasi fotoqimyoviy reaktsiyalar 
uchun tula foydalaniladi. Spektrning ko’k qismidagi nurlarning bir 
kvantida 70 kkal/mol energiya bo’lib, uni qabul qilgan xlorofill 
molekulasi kuzgalgan xrlatning Yuqorii darajasiga o’tadi va to 
fotoqimyoviy reaktsiyalarda foydalanguncha bir qismi issiklik 
energiyasiga aylanib atrofga tarkaladi. Shuning uchun ham bu 
nurlarning unumliligi kamrok bo’ladi. Lekin fotosintez uchun eng 
ko’pay bo’lgan kizil nurlarga tuyingan kizil nurlar hisobida 20 foiz 
ko’k nurlar qushilsa, fotosintezningtezligi oshadi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin