Fotosintyez ekologiyasi


fotosintezning maxsuldorligin



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#110423
1   2   3   4   5   6
fotosintezning-sof-mahsuldorligi

fotosintezning maxsuldorligini belgilaydi. Ularni yetarli darajada 
mineral elementlar bilan ta‘minlash yorurlik energiyasini yutish va 
o’zlashtirishni, CO
2
miqdoridan samarali foydalanishni oshiradi. Bu 
esa qishloq xo’jalik ekinlarida xosildorlikni keskin oshirishni 
ta‘minlaydi. 
KISLOROD. Barcha o’simliklarda fotosintez jarayoni aerob 
sharoitda sodir bo’ladi va evolyutsiya jarayonida o’simliklar shunga 
moslashgan. Shuning uchun ham anaerob sharoit va havo tarkibida 
kislorodning miqdori 21 foizdan ko’p bo’lishi fotosintezga salbiy 
ta‘sir etadi. Yorug’likda nafas olish jarayoni kuchli bo’lgan 
o’simliklarda kislorod miqdorining 21 foizdan 3 foizgacha 
kamayishi fotosintezni jadallashtirganligi, yorug’likda nafas olish 


jarayoni kuchsiz bo’lgan o’simliklarda fotosintez o’zgarmagani 
aniqlangan. 
Atmosferada kislorod kontsentratsiyasining 25-30 foizdan ortishi 
fotosintezni pasaytiradi va yorug’likda nafas olish jarayonining
tezlashishiga sabab bo’ladi. 
FOTOSINTEZNING KUNLIK VA MAVSUMIY 
JADALLIGI 
Yuqorida ko’rib o’tilgan tashqi sharoit omillari fotosintezga 
birgalikda kompleks holatda ta‘sir etadi. Ayniqsa, yorug`lik, harorat 
va suv miqdori kuchli ta‘sir etib, ularning kun davomida o’zgarishi 
natijasida fotosintezning kunlik jadalligi tavsiflanadi. 
Ertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. 
Kunning o’rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki 
yorug’likning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo’ladi. Eng 
yuqori fotosintez kunning o’rta qismida (soat 12-14 larda) sodir 
bo’ladi. Kechga tomon yana fotosintez jadalligi pasayib boradi, bu 
ham yorug`likning va xaroratning o’zgarishi asosida sodir bo’ladi. 
Fotosintezning bu turi bir cho’qqili (yoki bir maksimumli) deyiladi. 
Bir cho’qqili fotosintez ko’p o’simliklarda va ayniqsa, o’rta iqlim 
sharoitlarida sodir bo’ladi. 
Fotosintezning ikkinchi turi ikki cho’qqili (maksimumli) deyiladi. 
Fotosintezning bu turi juda issiq, sharoitda yashaydigan o’simlik-
larda sodir bo’ladi. Masalan, buni Uzbekistan sharoitida yoz 
kunlarida kuzatish mumkin. Ertalab yorurlikning boshlanishi bilan 
fotosintez jarayoni ham boshlanib, soat 10-11 larda eng Yuqorii 


jadallikka zrishadi. Chunki bu vaqtlarda o’simliklar eng kulay 
yorug`lik, xarorat va suv bilan ta‘minlangan bo’lib, ogizchalar 
ochik, va CO
2
ning yutilishi ham jadallashgan bo’ladi. Kunning o’rta 
qismlarida (ayniqsa, soat 13-14 larda) fotosintez sekinlashgan yoki 
tuxtagan bo’lishi mumkin. Chunki kunning urta qismiga 
yaqinlashganda harorat maksimalga yaqinlashgan yoki undan 
oshgan bo’lishi mumkin. Bundam tashqari suvning kam bo’lishi 
sababli (kamchilligining ko’tarilishi) og`izchalarning yopilishi va 
C0
2
ning yutilishi kamayadi. Bunday kunning urta qismida 
Fotosintezning sekinlashishi yoki tuxtab kolishiga fotosintez 
depresiyasi deyiladi. Kunning ikkinchi yarmida fotosintez yana 
jadallashib, Yuqorii nuktaga ko’tarila boshlaydi va kechga tomon 
yana pasaya boradi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin