Fotosintyez ekologiyasi


FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#110423
1   2   3   4   5   6
fotosintezning-sof-mahsuldorligi

 
 FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK.
Fotosintez jarayonida o’simliklarda organik modda hosil bo’ladi va 
to’plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez 
va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya‘ni fotosintez jarayonida 
hosil bo’layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun 
sarflanayotgan organik modda nisbatiga bogliq bo’ladi: 
Fotosintez jarayonida hosil bo’lgan va to’plagan organik modda ikki 
guruxga bo’linadi: 1) biologik (U -biolog); 2) xo’jalik (U- xo’j). 
O’simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo’lgan quruq modda-
ning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning 
xujalik maksadlariga ishlatiladigan k,ismi (donlari, urug`lari, ildiz 
mevalari va boshqalar) xujalik hosili deyiladi. 


Xo’jalik hosilning miqdori xar xil o’simliklarda turlicha bo’ladi va 
bu koeffitsient (K
xuj
) bilan ifodalanadi: 
Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuqori 
hosildorlik darajasiga erishish mumkin:
1) ekinzorlarda barg sathini ko’paytirish;
2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish;
3) fotosintezningjadalligini va maxruldorligini oshirish;
4) fotosintez jaraenida sintezlangan organik moddalarning harakatini 
va o’simlik azolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar. 
Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (o’gitlash, 
sugorish, yerga ishlov berish, zararkunandalarga karshi kurashish va 
xokazolar) o’z vaqtida sifatli o’tkazilishi zarur. 


Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, fotosintez ekologiyasi deganda, 
fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta‘siriga bog‘liq 
ekanligi tushuniladi. Bu omillarning ta‘siri va o’simliklarning bu 
ta‘sirlarga moslashuvi o’simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. 
Chunki fotosintez jadalligi va madsuldorligi shu munosabatga 
bog‘liq. 
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlaridan biri bo’lib, 
o’simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa 
funktsiyalariga ham ta‘sir etadi. Shuning uchun ham bu jarayonga 
tashqi va ichki omillarning ta‘sirini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Ertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. 
Kunning o’rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki 
yorug’likning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo’ladi. Eng 
yuqori fotosintez kunning o’rta qismida (soat 12-14 larda) sodir 
bo’ladi.
Eng yuqori yorug’likda fotosintez jadalligi o’simliklarning nafas 
olish tezligidan sezilarli darajada baland bo’ladi, ya‘ni fotosintez 
uchun yutilgan CO
2
ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib 
chiqqan CO, ning miqdoridan ko’p bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda fotosintez jarayonida o’simliklarda 
organik modda hosil bo’ladi va to’plana boradi. Bu organik 
moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish 
jarayonlarining jadalligiga, ya‘ni fotosintez jarayonida hosil 
bo’layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun 


sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog’liq bo’ladi. Umuman 
olganda, fotosintez jarayoniga yorug`lik, CO
2
miqdori va xarorat 
birgalikda murakkab aloqadorlikda ta‘sir etadi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin