O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiatshunoslik
va geografiya fakulteti
Biologiya yo’nalishi
3-kurs 32-guruh talabasi
To’layeva Kamolaning
O’simliklar fiziologiyasi
fanidan tayyorlagan
MAVZU: Fotosintezning sof mahsuldorligi.
Bajardi:
To’layeva K.
Qabul qildi:
Sharopova M.
Qarshi – 2014
Fotosintez sof mahsuldorligi.
Reja:
1. Fotosintezning tashqi sharoit va organizmning holatiga bog`liqligi
2. Fotosintezga omillar kompleksining ta‘siri.
3. Fotosintetik jarayonlarning sutkalik va mavsumiy ritmlari
4. Fotosintez va o’simliklarning
umumiy hosildorligi
5. Xulosa.
KIRISH.
Biosferada quyosh energiyasi hisobiga yashil o‘simliklarda eng
oddiy anorganik birikmalardan glyukoza va boshqa uglevodlar
sintezlanishi – Yerda hayotning davom etishini ta’minlaydigan eng
muhim biosintetik
jarayon boradi, u fotosintez deb ataladi..
Fotosintez jarayonida geterotrof organizmlar uchun asosiy energiya
manbai bo‘lgan, uglevodlar sintezi bilan bir qatorda
odam va
yuksak darajada rivojlangan boshqa organizmlar hayot uchun
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan kislorod ajraladi:
Fotosintez jarayonini o‘rganishda K.YE.Timiryazev,
N.N.Terenin, T.N.Godnev, A.A.Krasnovskiy, A.A.Nichiporovich,
V.YE.Yevstigneyev, A.Bayyer, R.VilshtetterYU Van-Nil, Xill,
D.Arnon, M.Kalvin va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.
Yuksak o‘simliklarda fotosintez jarayonlari murakkab tuzilgan,
uzunligi 3-10 mkm, diametri 0,5-2,0 mkm bo‘lgan
xujayra
organoidi xloroplastlaida boradi. Ularning tirik xujayradagi soni 50-
200 tagacha yetishi mumkin. Xujayralardagi xlorofill shu
xloroplastlarda to‘plangan.
Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi
tashqi sharoit omillarining ta‘siriga bog‘liq ekanligi tushuniladi. Bu
omillarning ta‘siri va o’simliklarning bu ta‘sirlarga
moslashuvi
o’simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez
jadalligi va madsuldorligi shu munosabatga bog‘liq
Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi
hisobiga bir soat davomida o’zlashtirilgan SO, yoki hosil bo’lgan
organik modda miqdoriga aytiladi.