Yorug`likning fotosintezdagi samaradorligiga boshqa omillar ham
ta‘sir etadi. Masalan, xavodagi CO
2
ning miqdori kam va xarorat
past bo’lganda yorug`lik jadalligining oshib borishi juda kam ta‘sir
etadi. Havo tarkibidagi CO
2
ning miqdori bilan yorug`likning
birgalikda oshib borishi fotosintez tezligini ham oshiradi.
Fotosintezda yorug`lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol
o’ynaydi. Spektrning kizil nurlari ta‘sirida fotosintez jadalligi eng
Yuqorii darajada kechadi. Chunki bu nurlar bir kvantining
energiyasi 42 kkal/molga teng bo’lib, xlorofill molekulasini
kuzgalgan xrlatga o’tkazadi va energiyasi fotoqimyoviy reaktsiyalar
uchun tula foydalaniladi. Spektrning ko’k qismidagi nurlarning bir
kvantida 70 kkal/mol energiya bo’lib, uni qabul qilgan xlorofill
molekulasi kuzgalgan xrlatning Yuqorii darajasiga o’tadi va to
fotoqimyoviy reaktsiyalarda foydalanguncha bir qismi issiklik
energiyasiga aylanib atrofga tarkaladi. Shuning uchun ham bu
nurlarning unumliligi kamrok bo’ladi. Lekin fotosintez uchun eng
ko’pay bo’lgan kizil nurlarga tuyingan kizil nurlar hisobida 20 foiz
ko’k nurlar qushilsa, fotosintezningtezligi oshadi.
Dostları ilə paylaş: