FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK. Fotosintez jarayonida o’simliklarda organik modda hosil bo’ladi va
to’plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez
va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya‘ni fotosintez jarayonida
hosil bo’layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun
sarflanayotgan organik modda nisbatiga bogliq bo’ladi:
Fotosintez jarayonida hosil bo’lgan va to’plagan organik modda ikki
guruxga bo’linadi: 1) biologik (U -biolog); 2) xo’jalik (U- xo’j).
O’simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo’lgan quruq modda-
ning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning
xujalik maksadlariga ishlatiladigan k,ismi (donlari, urug`lari, ildiz
mevalari va boshqalar) xujalik hosili deyiladi.
Xo’jalik hosilning miqdori xar xil o’simliklarda turlicha bo’ladi va
bu koeffitsient (K
xuj
) bilan ifodalanadi:
Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuqori
hosildorlik darajasiga erishish mumkin:
1) ekinzorlarda barg sathini ko’paytirish;
2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish;
3) fotosintezningjadalligini va maxruldorligini oshirish;
4) fotosintez jaraenida sintezlangan organik moddalarning harakatini
va o’simlik azolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar.
Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (o’gitlash,
sugorish, yerga ishlov berish, zararkunandalarga karshi kurashish va
xokazolar) o’z vaqtida sifatli o’tkazilishi zarur.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, fotosintez ekologiyasi deganda,
fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta‘siriga bog‘liq
ekanligi tushuniladi. Bu omillarning ta‘siri va o’simliklarning bu
ta‘sirlarga moslashuvi o’simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega.
Chunki fotosintez jadalligi va madsuldorligi shu munosabatga
bog‘liq.
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlaridan biri bo’lib,
o’simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa
funktsiyalariga ham ta‘sir etadi. Shuning uchun ham bu jarayonga
tashqi va ichki omillarning ta‘sirini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Ertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi.
Kunning o’rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki
yorug’likning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo’ladi. Eng
yuqori fotosintez kunning o’rta qismida (soat 12-14 larda) sodir
bo’ladi.
Eng yuqori yorug’likda fotosintez jadalligi o’simliklarning nafas
olish tezligidan sezilarli darajada baland bo’ladi, ya‘ni fotosintez
uchun yutilgan CO
2
ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib
chiqqan CO, ning miqdoridan ko’p bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda fotosintez jarayonida o’simliklarda
organik modda hosil bo’ladi va to’plana boradi. Bu organik
moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish
jarayonlarining jadalligiga, ya‘ni fotosintez jarayonida hosil
bo’layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun
sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog’liq bo’ladi. Umuman
olganda, fotosintez jarayoniga yorug`lik, CO
2
miqdori va xarorat
birgalikda murakkab aloqadorlikda ta‘sir etadi.