Foydalanilgan xom ashyo materiallari


Putstsolanportlandtsement



Yüklə 162,88 Kb.
səhifə2/14
tarix01.04.2023
ölçüsü162,88 Kb.
#92220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
proktika Farhod

Putstsolanportlandtsement. Faol qo’shimchalar (AMK) mayda tuyilgan tabiiy yoki sun’iy moddalar bo’lib, ular bog’lovchi moddalarning xossalarini yaxshilash uchun qo’shiladi. Faol mineral qo’shimchalarning tabiiy hamda sun’iy xillari mavjud. Tabiiy mineral qo’shimchalar cho’kindi tog jinslardan olinadilar va ularga diatomit, trepel, opoka va gilsimon moddalar kiradi.
Diatomit va trepel sirtqi ko’rinishlaridan bir-birlaridan kam farqlanadi. Ular yengil, po’kak, mustahkamligi past, oq – kulrang, yoki sariq – kulrang jinslar bo’ladilar. Hajmiy og’irligi – 700 – 1000 kg/m3. Opoka – og’ir va zich tog’ jinsidir, xajmiy og’irligi 1200 – 1600 kg/m3 . Ushbu xildagi mineral qo’shimchalar kimyoviy tarkibi bo’yicha bir – birlariga yaqin va foiz hisobida quyidagi moddalardan iborat: 70 – 90% SiO2; 3 – 10: Al2O3; 1 – 3: Na2OK2O; 1 – 3% CaO.
Gilsimon jinslar – yer osti ko’mirlari o’z - o’zidan yongandan ular orasidagi gillar kuyishi natijasida hosil bo’luvchi kuyindi jinslar bo’lib, ular o’z hususiyatlariga ko’ra 800 – 10000S da kuydirilgan gillarga o’xshash bo’ladi.
Vulqon jinslari qo’shimchalarga vulqon kuli, tuf va h.k. kiradi. Kimyoviy tarkibi asosan SiO2 va Al2O3 (70 – 90%) dan iborat va 2 – 4% CaO – MgO: Na2O – K2O (3 – 8%) va suv 5 – 10%. Fazoviy tarkibi bo’yicha yumshoq shisha, (50 – 80%), silikat va alyumosilikat birikmasidan iborat. Toshko’mir va antratsit kuydirilganda SiO2 va kaolinit minerallari ko’p bo’lgan shlaklar va kullar olinadi. Bular tarkibida SiO2, Al2O3; FeO miqdori 60 – 65% tashkil etadi. Bularni faolligi yoqilg’ini kuydirish haroratiga bog’liq. Torf (balchiq qatlam) kuydirilganda – karbonatli va sulfatli shlak va kullar olinadi.
Sun’iy kislotali faol mineral qo’shimchalar, putstsolon tsementlar
Sun’iy nordon faol mineral qo’shimchalarga quyidagilar kiradi:

  • Faol kremnozem chiqindilari:

  • Kuydirilgan gillar:

  • Sanoat, yoqilg’i kullar va shlaklari:

Birinchi guruhdagi moddalarning kimyoviy tarkibi bo’yicha boshkalardan sezilarli farqlanadi. Kuydirilgan gillar – kulsimon moddalar tarkibida kaolinit miqdori (Al2O3; 2SiO2; 2H2O) bo’lgan gillarni 600 – 8000C haroratda kuydirib olinadi.
Yoqilg’i kullari va shlaklari – bu toshko’mir, quruq balchiqlarni har xillarini kuydirganda hosil bo’luvchi chiqindilardir. SHlaklar zarrachalar 0,3 – 0,5 mkm bo’lgan chiqindilardir. Ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi yoqilgan jinslarning turiga bog’liq G.N. Siversev shlak va kullarni tarkibiga ko’ra ularni to’rtta guruhga bo’lgan

  • Toshko’mir va antratsit kuydirilganda hosil bo’luvchi kullar va

shlaklar.

minerallari.

  • karbonatli shlaklar va kullar.

  • sulfatli quruq balchiqlar kuydirilishida hosil bo’luvchi kullar.

Faol nordon minerallar qo’shimchalarga birinchi ikki guruhga shlak va kullar kiradi. Bularda kremnozyom SiO2, giltuproq Al2O3, temir oksidi Fe2O3 miqdori 60 – 90% tashkil qiladi. Mineral bog’lovchi qo’shimchalarni faolligi, ya’ni oddiy haroratda suv ta’sirida Ca(OH)2 ning bog’lash qiymatiga ega bo’lishi ularning tarkibida kimyoviy faol holatda bo’lgan moddalar bilan tushintiriladi va qancha mayda bo’lsa, shuncha faolligi ortadi. Ko’p tadqiqotchilar fikricha Si – OH Ca(OH)2 ta’sirlashadi va CSH (B) hosil qiladi va yangi guruxlar hosil qilishadi. Si – O – H, gidrolizi Ca(OH)2 ni suvda erib konsentratsiya ko’payishi hisobiga tez o’tib boradi, shunda qo’shimchani faolligi oshadi. Kullarni fazoviy tarkibi yonilg’ilarni noorganik qismini kimyoviy va mineralogik tarkibiga kuydirish haroratiga va sovutish shartlariga bog’liq. Odatda ko’llarda 60 – 80% gacha kremnezem – alyuminatli shisha dumaloq zarrachalaridan, gil moddadan, beta kvarsdan, mullitdan, kuymagan yonilg’idan iborat bo’ladi.
Nordon ko’llar past gidravlik faolliga egadir, faqat avtoklav ishlovida faolligi oshadi va gidrogranatlar xar xil tarkibli kaltsiy gidrosilikatlar hosil qiladi kullarni shlaklarni kuygan jinslarni agar tarkibida SO3 < 2% kuymagan ko’mirlarni zarrachalari >5% mavjud bulsa gidravlik faolligi kamayadi.
Vulkon jinslardagi faol kremnezem Ca(OH)2 bilan reaktsiyaga kirishib kaltsiy gidroalyuminat, gelenit hosil qiladi. 300 – 4000S gacha qizdirilganda ularni gidravlik faolligi oshadi. Sa(ON)2 ning kontsentratsiyasi suyuq fazada qancha past bo’lsa shuncha qo’shimcha faol bo’ladi.
Putstsolon portlandtsementlar normalangan tarkibli klinkerni nordon faol mineral qo’shimcha va gips bilan birgalikda maydalab tuyish yo’li bilan olinadi. Ulardagi C3A miqdori 8% dan ortmasligi lozim. CHo’kindi jinslardan olingan faol mineral qo’shimchalar miqdori 20% dan kam vulqon jinslaridan olinganlari esa 30% dan ortiq bo’lmasligi lozim. Kuydirilgan gil, yoki yoqilg’i kuli 25% dan kam va 40% dan ortiq tutib qolish vaqtini sozlash uchun qo’shiladigan gips miqdori 3,5% dan ortiq bo’lmasligi lozim. Qo’shiladigan moddalar miqdori portlandtsementning kimyoviy mineralogik tarkibiga va sovutilish sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Ularda S2S C2AS lar asosiy birikmalarining miqdori boshqa moddalarnikidan ko’proq bo’ladi.
Putstsolon tsementning ishlab chiqariladigan tsexda alohida qo’shimchalarni maydalab va quritish uchun bo’lim ajratiladi. Maydalangan va quritilgan qo’shimchalar tegirmon oldidagi o’lchami bunkerga kelib tushadi klinker va gips bilan birgalikda maydalanadi. Qo’shimchalarni maydalash uchun bolg’ali o’zini – o’zi tozalaydigan va bir vaqtda quritadigan va maydalaydigan qurilmalardan foydalanadilar. Putstsolon tsementni №008 elakdan 85% dan kam bo’lmagan miqdori o’tguncha maydalanadi.
Putstsolon tsementni tutib qolish va qotishda klinkerni gidratlanish va hosil bo’lgan gidro – mahsulotlarni faol mineral qo’shimcha bilan reaktsiyaga kirishish jarayonlari o’tadi. Boshlang’ich davrda klinker zarrachalarini gidrolizi va gidratlanishi o’tadi. Natijada kaltsiy gidrosilikatlari, gidroalyuminatlari, gidroferitlari hosil bo’ladi. Alit va belitlarni gidrolizlari natijasida Sa(ON)2 ajraladi. Faol putstsolon qo’shimcha gidroliz va gidratlanish tezligini oshiradi va undan tashqari Sa(ON)2 ni erimaydigan birikmaga bog’laydi, qotayotgan tsementdagi suvli eritmada uning kontsentratsiyasini kamaytiradi va klinkerdagi kaltsiy silikatlarni gidrolizini tezlashtiradi. Klinkerning gidratlanish mahsulotlari va gidravlik qo’shimchaning faol komponentlari orasidagi reaktsiya – ikkilamchi jarayondir. Bunda Sa(ON)2 qo’shimcha faol SiO2 bilan ta’sirlashadi va CSH(B) turdagi gidrosilikatlar hosil qiladi. Putstsolon portlandtsementning qotishidagi mahsulotlarini yakuniy tarkibi gidravlik qo’shimchaning turiga tarkibiga putstsolon portlandtsement miqdoriga va qotish sharoitiga bog’liq .
Odatda zichligi 2,7 – 2,9 g/sm3 oralig’ida tebranib turadi va gidravlik qo’shimcha miqdori ko’paygan sari, u kamayadi. Hajmiy og’irligi sochiluvchan holatda 800 – 1000, kg/m3 zichlangan holatda 1200 – 1500 kg/m3 va qo’shimchalar turiga bog’liq, masalan, diatomit, trepelli tsement kam hajmiy og’irlikka egadir.
Suvga talabchanligi portlandtsementga nisbatan baland ayniqsa cho’kindi ko’rinishidagi qo’shimchalarga ega bo’lsa.
Tishlab qolish muddati. Tishlashish boshlanishi 45 minut oldin emas, oxiri esa 10 soatdan kam emas. Hajmiy o’zgarishlarga kam uchraydi, chunki faol qo’shimchalar erkin harakatdagi SaO larni gidrosilikatlarga bog’laydi. Mustahkamligi bo’yicha 300 va 400 markalarga bo’linadi. Faolligi uzoq vaqt davomida saqlanganda pasayadi, chunki klinker zarrachalari namlik ta’sirida suv bilan birikadi.
Putstsolon bog’lovchilarda tayyorlangan betonlar cho’kish va shishish deformatsiyasiga moyil. Putstsolon tsementlar 10 – 120S atrofida tutib qolish va qaytish jarayonlari sekinlashadi, -50S da esa umuman to’xtaydi. Yuqori haroratda ular tez tutib qoladi va qotadi, shuning uchun ularni 85 - 950S da bug’ ostida issiqlik ishlovi berish maqsadga muvofiqdir .
Bu tsementlarni suvga chidamligi ko’rsatkichi portlandtsementga nisbatan baland, chunki tsement toshidagi gel holatdagi mahsulotlar va gidravlik qo’shimcha Sa(ON)2 ning suvli eritmasida shishadi. Putstsolon portlandtsement yumshoq sulfat suvlar tasiriga barqaror, nordon, uglekislotali suvlarda esa chidamsiz chunki erkin organik va mineral kislotalar nafaqat Sa(ON)2 bilan ta’sirlashadi balki kaltsiy gidrosilikat, gidroalyuminatlar bilan kam reaktsiyaga kirishib, tsement toshini tuzilishini buzadi.
Sovuqqa chidamliligi bo’yicha markasi 25 – 50 tsiklga teng.
Putstsolon portlandtsement past namli quruq iqlimda, navbatma-navbat namlanish va qurish, erish va muzlash sharoitlarda ishlatilish man etiladi.
Dissertatsiya ishimda Oxongaron putstsolan portlandtsementidan foydalanildi (PPTS400). Putstsolan portlandtsementning kimyoviy tarkibi quyidagi 1–jadvalda keltirilgan.



Yüklə 162,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin