Foydalanilgan xom ashyo materiallari


Ilmiy izlanishlarni bajarish uslubiyati



Yüklə 162,88 Kb.
səhifə8/14
tarix01.04.2023
ölçüsü162,88 Kb.
#92220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
proktika Farhod

Ilmiy izlanishlarni bajarish uslubiyati
TSementning maydalik darajasini aniqlash. Putstsolan portlandtsement QMQ 178-2003 talabiga javob berishi kerak.
TSementning sifatini baholashda, uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. TSement klinkeri zavodda qanchalik mayda qilib tuyilsa, uning qotishi shuncha tezlashadi, mustahkamligi oshadi va h.k.
TSementning maydalik darajasi uning solishtirma yuzasiga va elakdan o’tkazilganda undagi qolgan qoldiq (ms)ga ko’ra baholanadi.
O’rtacha putstsolan portlandtsement namunasidan 100 g olib, qurish shakafida 105-1100C haroratda 1 soat quritiladi va sovigandan so’ng undan 50 g. olinib, elakka solinadi. TSement elakda ostki va ustki qopqog’i yopiq holda 15-20 min. elanadi. SHunda elakdan o’tgan tsement og’irligi 0.05 gramdan oshmasa, elash ishi tugaydi. Keyin elakdagi qolgani elak bilan birga tarozida tortiladi va elakning tsement solinmasidan oldingi og’irligini ayirib tashlanadi. Natijada elakda qolgan qoldiqning haqiqiy og’irligi chiqadi va elash uchun olingan tsementning og’irligiga (50 g) nisbatan (% hisobida) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi;
;
Bu yerda; 50-tsement namuna og’irligi, (g), elakdan o’tgan tsement og’rligi.
TSement hamirining normal quyuqligini aniqlash. (QMQ 178-2003).
TSement toshining mustahkamligi, asosan undagi suv-tsement nisbatiga, ya’ni normal tsement xamirini tayyorlash uchun ketgan suv miqdorga bog’liq.
TSementni to’la gidratatsiyalanishi (qotishi) uchun ketadigan suv miqdori tsement massasini 40% ni tashkil etishi kerak, ya’ni S/TS=0,4. Suvni 60% gina (ya’ni tsement massasini 0,25 qismi) kimyoviy birikishga sarflanadi. Qolgan 40 % gidrogel deb ataluvchi TSement yelimi g’ovaklarida bo’ladi. Geldagi bunday g’ovaklar yirikligi 3-10-7mm ga teng. TSement toshini to’la qotgandan keyingi g’ovakligi 30% ni tashkil etadi. Demak, TSement toshini mustahkamligi asosan undagi suv miqdoriga bog’liq ekan. Qanchalik suv-TSement nisbati (S/TS) katta bo’lsa tsement toshi yoki betonni fizik-mexanik xossalari yomonlashadi.
Biz bu tajriba ishida tsement xamirining quyuqligi normal bo’lishi uchun unga qancha suv quyilishi kerakligini aniqlaymiz.
Hamirning normal quyuqligini aniqlashda 400gr tsement 0,1 aniqlikda tortiladi va namlangan idishga joylashtiriladi. Suv miqdori portlandtsement uchun 21-27%, shlakoportlandtsementga 26-30%, putstsolantsementga 30-45% hisobida olinadi.
Suv miqdori tsement massasiga nisbatan foiz hisobida olinadi. TSement xamirining normal quyuqligi Vika asbobi va diametri 10 mm, uzunligi 50 mmli po’lat sterjen yordamida topiladi. TSementning normal quyuqligini topishda ishlatiladigan Vika asbobidagi sterjenning quyi uchiga vint bilan pestik mahkamlanadi. Pestikning qo’zg’aluvchan sterjen bilan birgalikdagi massasi 300±2g. Tarozida 400g tsementdan tortib, tagi yumaloq chuqurligi 100 mmli tunuka idishga solinadi va tsement yuzasi tekislanib, o’rtasidan suv solish uchun po’lat kurakcha bilan chuqurcha qilinadi. Suv miqdori tsement massasiga nisbatan 25-35% da olinadi. Biz tajribamizda Oxongaron putstsolan portlandtsementga “Beton Strong 17” superplastifikatorini qo’shdik. Quyilgan suv bilan tsement kurakcha yordamida asta-sekin qoriladi. Qorishmani kurakcha bilan avval sekin, keyin tez ezib 5 minut davomida qorishtiriladi.
Mashina moyi surtilgan kesik konus halqa shisha plastinkaga qo’yiladi va u tayyorlangan tsement qorishma bilan to’ldiriladi. SHisha plastinkani stolga 5-6 marta oxista urib, tsement xamiri zichlanadi. TSement xamirining ortiqchasi esa xo’llangan pichoq bilan sidirib olinadi.
SHisha plastinkadagi halqaga solingan tsement qorishma Vika asbobining temir staninasiga qo’yiladi, bunda siljuvchan po’lat sterjen halqadagi tsement xamirining markaziga tushishi kerak. Keyin, pestikning quyi uchi tsement qorishma yuzasiga tekkiziladi va vint tezda bo’shatiladi.
Umumiy massasi 300 gramli yuk (sterjen va pestik) erkin holatda tsement xamiriga bota boshlaydi. Vint bo’shatilgandan 30 sek o’tgach, shkaladan pestikning tsement xamiriga botish darajasi aniqlanadi (shkala sinashdan avval «0» ga to’g’rilab qo’yilgan bo’lishi kerak).
Olingan natijalar kuyidagi jadvalga kiritilidi.





Yüklə 162,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin