28 kundan keyin siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa dan ko’p
300
400
500
600
Xulosaga putstsolan portlandtsementlarni O’zRST shartlariga ko’ra sinab, aniqlangan natijalar(markalar)ni keltirilgan qiymatlarga taqqoslash mumkin. TSementning hajmiy og’irligini aniqlash.Materialning solishtirma og’irligi deb, uning og’irligini absolyut zich g’ovaklar va bo’shliqlarsiz hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Putstsolan portlandtsementning hajmiy og’irligi 2 holda, zichlantirgan va sochiluvchan xolda aniqlanadi.
Sinaluvchi moddaning hajmiy og’irligini topish uchun hajmi ma’lum bo’lgan tsilindr idish bo’sh holatda tortiladi va uning ustiga og’irligi bo’r bilan yoziladi, voronka tagiga qo’yiladi. Voronkadan erkin xolatda tsement kukuni solinadi, ortiqchasi lineyka bilan olib tashlanadi va idish tsement bilan tortiladi. Xajmiy og’irligi sochiluvchan xolatda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
V0=(P1-P)/V, g/sm3 .