ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 689 www.ares.uz shakllantiriladi. Yonilg‟ining detonatsion chidamliligi, fraksion tarkibi, yonishda
ajralib chiqadigan issiqlik, korrozion aktivlik va boshqalar ularning asosiy
ko‟rsatkichlari hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Gaz ballonli avtomobillar zaharliligini tadqiqot qilish ishlari natijalarining
tahlili shuni ko‟rsatadiki, benzinning o‟rniga tabiiy gaz ishlatilganda zaharli tashkil
etuvchilarning atrof-muhitga chiqarilishi (g/km), o‟rtacha, uglerod oksidi bo‟yicha 8
marta, uglevodorodlar bo‟yicha – 3 marta, azot oksidlari bo‟yicha – 2 marta, PAU
bo‟yicha – 10 marta, tutunligi bo‟yicha – 9 marta kamayar ekan [6]. Shu sababli
transport vositalari uchun muqobil yonilg‟ilardan foydalanish, hamda transport
vositalarini gaz yonilg‟isiga o‟tkazishni takomillashtirish bo‟yicha dunyoning
yetakchi olimlari va tadqiqotchilari ko‟plab ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Respublikamizda ham gaz ballonli avtomobillarni ishlatish ularning xavfsiz
ishlashini tashkil etish bo‟yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‟lib
ularda alohida talablar belgilab qo‟yilgan. Jumladan:
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-fevral 2007-yildagi 30-
sonli “Avtomobillarni gaz bilan to‟ldirish kompressor shaxobchalari va
avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport
vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‟tkazish chora-
tadbirlari
to‟g‟risidagi”
qarori. Bu qarorda 2007-2012 yillar oralig‟ida
respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini
suyultirilgan va siqilgan gazga o‟tkazish bo‟yicha hamda suyultirilgan va siqilgan gaz
bilan ta‟minlash shaxobchalarini qurish bo‟yicha strategik yo‟nalishlar belgilangan [1
Q.M.Siddiqnazarov, U.V.Ahmedov “O‟zbekiston avtotransporti o‟tmishda va
istiqlol yillarida” ushbu kitobda avtotransport va ekologiya, avtotransportni paydo
bo‟lishi, mustaqillik yillarigacha O‟zbekiston avtotransporti kabi ma‟lumotlar
keltirilgan [3].
N.G.Pevnev, A.P.Yelgin, L.N.Buxarov, “Texnicheskaya ekspluatatsiya
gazobalonnix avtomobiley”. Ushbu kitobda gaz ballonli avtomobillarni ishlatish va
gaz yonilg‟isidan avtomobillar uchun yoqilg‟i sifatida foydalanish bo‟yicha
ma‟lumotlar keltirilgan [4].
Axmetov L.A., Ivanov V.I., Eroxov V.I. “Ekonomicheskaya effektivnost I
ekspluatatsionnie kachestva gazoballonnix avtomobiley” [5]. Ushbu qo‟llanmada
avtomobillarga gaz ballonli avtomobillarni ishlatishning ekologik va iqtisodiy
samaradorligi bo‟yicha ma‟lumotlar berilgan.
B.I.Bazarovnig “Nauchnie osnovi energo-ekologicheskoy effektivnosti