ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 695 www.ares.uz yonish issiqligi quyi bo‟lgan (3000…5000 kDj/m
3
) – unumsiz yonilg‟idan
olingan aralashma generatorli, havoli domenli;
yonish issiqligi juda kichik bo‟lgan (3000 kDj/m
3
dan kam) – vagrankali,
suv
gazi
generatorlari
havo
bilan
purkaladigan,
ko‟mir shaxtalarining
ventilyatsiyasida olinadigan.
Dvigatel gaz yonilg‟isida ishlaganida gaz yonilg‟isining detonatsiyaga
bardoshliligi sababli uni o‟t oldirish va yonilg‟idan foydalanadigan qurilmalarga
xizmat ko‟rsatish ancha yengillashadi [7].
XULOSA Bugungi kunda tannarxi jihatidan arzon bo‟lgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan
dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo‟llanilmoqda. Bunda
asosan siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan
foydalaniladi.
Motor
yonilg‟isi sifatida qo‟llaniladigan tabiiy gaz neft
mahsulotlaridan bir qancha afzalliklari bilan ustun turadi. Ulardan foydalanishda
dvigatelning yuqori texnik-iqtisodiy ko‟rsatkichlariga erishiladi, chunki tabiiy gaz
juda yaxshi antidetonatsion xossalarga ega, havo bilan aralashma hosil qilishi
xususiyati juda yaxshi. Dvigatel gaz yonilg‟isida ishlaganda aralashma deyarli to‟liq
yonadi va ishlatilgan gazlarning zaharliligi ancha past bo‟lganligidan atrof-muhit kam
zararlanadi. Shu sababli hozirda respublikamizda avtomobillarning taxminan 70-80
% qismi tabiiy gaz yonilg‟isida harakatlanmoqda.
Siqilgan tabiiy gaz normal sharoitlarda istalgan bosimda gazsimon holatda
bo‟lib, uning tarkibida asosan metan va vodorod bo‟ladi. Gazlarning qo‟llanilishi
porshen va gilza devorlaridan moy pardasining yuvilib ketishiga barham beradi,
yonish kameralarida qurum hosil bo‟lishini kamaytiradi, benzin bug‟lari
bo‟lmaganligi uchun silindr gilzalarining devorlaridagi moy kuyib ketmaydi, natijada
dvigatelning ishlash muddati va moy almashtirish davri 1,5-2 martaga uzayadi. Gaz
yonilg‟isining qo‟llanilishi dvigateldan chiqayotgan ishlatilgan gazlar tarkibidagi
zararli uglerod oksidi, azot ikki oksidi va uglevodorodlarning umumiy miqdorini
kamaytiradi [3].
Chiqayotgan gazlarning zaharliligi gaz yonilg‟isini yoqqanda benzin bilan
ishlagandagidan ko‟ra 3 marta kam, dvigatel ishchi rejimini to‟g‟ri tanlaganda undan
chiqayotgan shovqinlar darajasi kam va bu holat ayniqsa shahar sharoitida muhim
hisoblanadi. Shuning uchun avtomobillarni gaz yonilg‟isiga o‟tkazish va gaz ballon
uskunalarini takomillashtirish ustida ko‟plab ishlar amalga oshirilmoqda.