ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 688 www.ares.uz
solishtirma yonilg‟i sarfining eng kichik qiymati va ishqalanishga sarflarning
kichikligi; burovchi moment va quvvatlar maksimal qiymatlarining keng diapazoni;
litrli
quvvatning yuqori qiymati; solishtirma massa va gabarit o‟lchamlarining eng
kichik qiymatlari; konstruksiya elementlarining ishonchliligi va uzoq muddat xizmat
qilishi; konstruksiyaning soddaligi; xizmat ko‟rsatish qulayligi hamda ekspluatatsiya
qilish va ta‟mirlash arzonligi; ishonchli o‟t oldirish va o‟zgaruvchi ish rejimlariga tez
moslashish; konstruksiyaning yonilg‟ining har xil turlarida ishlashi va istiqbolligi;
konstruksiyaning modernizatsiyalashga imkon berishi;
Yuqorida qayd etilgan talablar ko‟p jihatdan foydalaniladigan neftdan olingan
motor yonilg‟ilarining turiga bog‟liq, ular cheklangan resursga ega.
MAGATE, OPEK, BMT sanoat rivojlanishi departamenti ma‟lumotlari va
Jahon Energetika Agentligi (JEA) bashorati bo‟yicha 2030 yilda jahon energiya
balansida neftning ulushi 40 %, gazniki – 27 %, ko‟mirniki – 24 %, boshqalarniki – 9
% ni tashkil qiladi [3].
Hozirgi paytda dunyoda 1 yilda taxminan 5 mlrd. tonna, Rossiyada – 0,5 mlrd.
tonna, O‟zbekistonda – 6 mln. tonna neft qazib olinmoqda. Shuni qayd etish lozimki,
AQSHda 1 yilda 19 mln. barrel (2,9 mln. tonna) neftdan
foydalaniladi va Amerika
neft instituti ma‟lumotlari bo‟yicha 43 % neft mahsulotlaridan avtomobillar uchun
yengil yonilg‟i
sifatida, 11% – dizel yonilg‟isi sifatida, 9 % – aviatsiya yonilg‟isi
sifatida, 16 % – moy, gudron, plastik sifatida, 4 % – pech yonilg‟isi sifatida, 5 % –
og‟ir yonilg‟isi va 12 % – turli yonilg‟i sifatida foydalaniladi [5].
Neft
mahsulotlaridan
foydalanishning
bunday
dinamikasi
ularni
almashtiruvchilaridan – alternativ motor yonilg‟ilaridan foydalanishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan deyarli hamma yuqori rivojlangan mamlakatlarda
yonilg‟i-energetik resurslar balansini ratsionallashtirish hamda iqtisodiyotning
energiyani eng ko‟p iste‟mol qiluvchi sohasi sifatida transportning
har xil turlari
uchun alternativ yonilg‟ilar bilan bog‟liq bo‟lgan ilmiy-amaliy ishlar olib
borilmoqda.
Ma‟lumki, quyidagilar alternativ yonilg‟i safiga kiradi: ko‟mirdan olingan
sintetik benzin, yonuvchi slanets, torf, tabiiy gaz; benzonometanol va benzonoetanol
aralashmalari; vodorod; suyuqlashtirilgan neftli propan butan gazlari (SNG); siqilgan
tabiiy gaz (SPG) yoki suyuqlashtirilgan tabii gaz (SJPG); gazogenerator, domen,
plast gazlari; biogazlar; gazokondensat yonilg‟ilari; ammiak; suv-yonilg‟i
emulsiyalari va boshqalar [6].
Bundan tashqari ular mahalliy, istiqbolli va boshqa
alternativ yonilg‟ilarga bo‟linishi mumkin.
Motor yonilg‟ilariga qo‟yiladigan asosiy talablar ichki yonuv dvigatellari
(IYOD)ning zaruriy ko‟rsatkichlari va xarakteristikalarini ta‟minlashdan kelib chiqib