ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 690 www.ares.uz ispolzovaniya alternativnix motornix topliva” nomli dissertatsiya ishida transport
vositalari uchun alternativ yoqilg‟ilardan foydalanishning ekologik samaradorligi
asoslari keltirilgan va asoslab berilgan [6].
Maqolada keltirilgan ma‟lumotlar o‟tkazilgan tadqiqotlar va shu yo‟nalishda
ish olib borgan olimlarning tadqiqotlari natijalaridan foydalangan holda tahlil
etilgan.
NATIJALAR O‟tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari shuni ko‟rsatadiki, Tarkibida
83…96 % metan bo‟lgan siqilgan tabiiy gaz massasi bo‟yicha 25 % vodoroddan
tarkib topgan va yuqori oktan soniga ega (OCHM=130 gacha) va shu sabali =13
bo‟lganda detonatsiyasiz yonishi mumkin, bu esa effektiv foydali ish
koeffitsientini η
e
=0,36 ga yetkazish imkonini beradi.
Tabiiy gaz yonganda benzin yonganiga nisbatan o‟rtacha SN 40 % kam, SO
esa 75 % kam, SO
2
esa 25 % kam hosil bo‟ladi, bundan tashqari dizel yonilg‟isi
yonganiga nisbatan SN+NO
x
80 % kam va SO esa 50 % kam hosil bo‟ladi.
Dizel dvigateli bazasida yaratilgan gazli dvigatelda azot oksidlarini chiqarish
0,44…14,0 g/km ga, uglevodorodlarni chiqarish 0,8…1,9 g/km ga va uglerod
oksidlarini chiqarish 2,8…11,6 g/km ga kamaygan [6].
Dvigatelga yonilg‟ining har xil turlarini uzatish masalasini ularning quyidagi
xossalarini tahlil qilmasdan va hisobga olmasdan yechish mumkin emas:
- fizikaviy-kimyoviy xossalari, ular odatda dvigatel ishini hamda yonilg‟i
uzatish yoki ta‟minlash tizimining konstruktiv xususiyatlarini belgilaydi;
- energetik (issiqlik-texnik) xossalari, ular yonish jarayoni borishining va
dvigatel ishchi jarayonining sifati va xarakterini belgilaydi;
- gazodinamik va texnologik-ishlab chiqarish xossalari, ular yonilg‟ilarni olish,
transportirovka qilish, zapravka qilish va saqlash bilan bog‟langan;
- zaharlilik xossalari, ular atrof-muhitga ta‟sirni belgilaydi.
Yuqorida bayon qilinganlarga ko‟ra muqobil motor yonilg‟ilarni ularning qator
xarakterli belgilari bo‟yicha klassifikatsiya qilish mumkin (1-chizma).
Gazni tutun, qurum va chala yonishning boshqa mahsulotlarini hosil qilmasdan
yoqish mumkin. Gazni oltingugurtli birikmalardan nisbatan osonlik bilan tozalash va
yuqori malakali iste‟molchilarni oltingugurtsiz yonilg‟i bilan ta‟minlash mumkin, uni
yoqqanda SO
2
va SO
3
hosil bo‟lmaydi.