DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA
Bir tomonidan Jizzax shahar MMTBga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim nomidan ustav asosida ish yurituvchi,bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi
Xoliqova Shaxnoza shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim (Rus yokio’zbek) tilida olib boriladigan 9-A -sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs ( ota ona FIO) bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi Olimov Norqo’chqor ( FIO bola) shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
SHARTNOMA PREDMETI
Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar yoki mashq daftarlar 2023- yil 28-avgustda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi: Darsliklar nomi
Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tatibda to'lashni talab qilish huquqiga ega.
Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
Maktab quyidagilarga majbur:
Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan
darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda
(hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun -
uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.