Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari



Yüklə 264,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix19.12.2023
ölçüsü264,82 Kb.
#185601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
laboratoriya boyitish 2023

 
(4) 
 
3.3. Kerakli asbob va materiallar: 
1.
Noto„g„ri shakldagi ruda bo„laklari. 
2.
Chizgich. 
3.
Shtangensirkul. 
3.4.Ishni bajarish tartibi 
Berilgan rudadan 3 ta bo„lak ajratib olinadi va ularning uzunligi, eni va 
balandligi o„lchanadi. O„lchash natijalari 3.1 – jadvalga yoziladi. 
Har qaysi bo„lakning diametri (1–4) formula bo„yicha hisoblanadi va 3.2-
jadvalga yoziladi.
3.1–jadval 
Bo„laklarning 
tartibi 
O„lchami, mm 
Uzunligi, l 
Eni, b 
Balandligi, h 
1. 
2. 
3. 
Har qaysi bo„laklarning diametri (1-4) formula bo„yicha hisoblanadi va 3-
jadvalga yoziladi. 
3.2 – jadval
Bo„laklarning 
tartibi 
Formulalar bo„yicha aniqlangan o„rtacha diametr 







 
Nazorat uchun savollar 
1.
Maydalash deb nimaga aytiladi? 
2.
Maydalash darajasi nimani ko„rsatadi?
3.
Bo„laklarning o„rtacha diametrini aniqlash nima uchun zarur?
4.
Bo„laklarning chiziqli o„lchamini aniqlash usullari. 
 
 


4– TAJRIBA ISHI
RUDANI YANCHILISH DARAJASINI ANIQLASH.
4.1. Ishdan maqsad
: Rudalarning qattiqligini, yanchilish darajasini va 
yanchuvchi uskunalarning tuzilishini o„rganish. 
4.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar 
Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni 
hisoblanadi. Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm 
yiriklikkacha yanchiladi. 
Dastlabki va yanchilgan maxsulotlar tarkibidagi eng katta bo„laklarning 
nisbati yanchish darajasi deb ataladi. 
Yanchish darajasi chiziqli (i=d
b
/d
o
) va hajmiy (i=v
b
/v
o
) yanchish darajalariga 
bo„linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang„ich va oxirgi o„lcham va xajmni 
ko„rsatadi.
Amalda eng katta bo„laklarning o„lchami sepiluvchi maxsulot o„tuvchi elak 
ko„zining o„lchami bilan belgilanadi. Bunda elak ko„zining shakli dastlabki va 
yanchilish maxsuloti uchun bir xil bo„lishi kerak (dumaloq, kvadrat, to„g„ri 
to„rtburchak va x.k.). 
Rudali jismni kerakli o„lchamgacha maydalash va yanchish ezilish, 
ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. 
1.
Ezilish–jismni 
ikki 
tarafdan berilayotgan maydalovchi 
yuza orasida 
parchalanishi (2-rasm, a). 
2.
Uzilish–jismni maydalovchi yuza tig„lari ta‟sirida bo„laklarga parchalanishi (2-
rasm, b). 
3.
Ishqalanish–jismni bir–biriga qarama–qarshi harakatlanuvchi ikki maydalovchi 
yuza orasida parchalanishi (2-rasm, s). 
4.
Zarba–jismni qisqa ta‟sir etuvchi dinamik kuch ta‟sirida parchalanishi. Bunday 
parchalanishning ta‟siri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog„liq. Zarba siqiq 
va erkin zarbaga bo„linadi. Siqiq zarbada jism ikkita maydalovchi yuza orasida 
parchalanadi. (2-rasm, j). 
5.
Erkin zarbada jismning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki 
boshqa jism to„qnashuvi natijasida (2-rasm, z) yuz beradi. 
Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli bo„yicha ishlovchi jag„li 
maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bo„yicha ishlovchi konusli 
maydalagichlar; yanchish uchun “siqiq zarba” usuli bo„yicha ishlovchi sharli 
tegirmonlar, “erkin zarba” usuli bo„yicha ishlovchi o„ziyanchuvchi tegirmonlar va 
h.k.lar ishlatiladi. 



Yüklə 264,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin