Franklar davlati va huquqi kirish


Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari



Yüklə 487,94 Kb.
səhifə4/5
tarix16.09.2022
ölçüsü487,94 Kb.
#63706
1   2   3   4   5
FRANKLAR DAVLATI VA HUQUQI

Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari

Huquq manbalari. Frank qabilalarida davlatchilikning shakllanishi huquqning yaratilishi bilan birga kechdi. Bu qadimgi german urf-odatlarini yozish yo`li bilan amalga oshiril-di. Shu tariqa Franklar davlatida huquqning muhim manbalari sifatida "varvarlar haqiqatlari" paydo bo`lgan. Bular varvar qabilalarining odat huquqi yozuvlaridir. Yozma "haqiqatlar" Rim imperiyasi hududida joy-lashgan ko`pgina qabilalarda V-VI asrlarda vujudga kelgan. V asr oxirida vestgotlar yozma huquqi (qirol Evrik Sudebnigi) vujudga kelgan. VI-VII asrlarda ”Vestgot haqiqati”ning birinchi to`liq nashri paydo bo`lgan. Buning asosiga Rim imperatorlaridan mustaqillikni olgan va o`z egaligini kengaytirib borgan vestgotlar qiroli Evrikning (466-489 yillar) qonunlar to`plami qo`yilgan. Vestgotlardan so`ng burgundlar o`zlarining xususiy sudebnigini yaratishga kirishganlar. Burgundlar sudebnik yaratishar ekan, bunda amaliy maqsadlar bilan birga siyosiy-ramziy maqsad - Rim hokimi-yatidan ozod etilgan hududda o`z hukmronliklarini mustahkamlash maq-sadini ko`zlagandilar.

Gotlar singari burgundlar ham uzoq vaqt rimliklar orasida yashaganliklari uchun ularning sudebniklarida malum darajada kechki rim imperiyasi tartiblarining tasiri o`z aksini topganligini ko`rish mumkin.

”Varvarlar haqiqatlari” orasida eng qadimgilaridan biri - ”Sali haqi-qati” V asrning oxiri - VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida tuzilgan. Boshqa frank qabilalarining sudebnigi - ”Ripuar haqiqati”ning asosiy qismi VI asrda vujudga keldi, lekin uning to`liq nashri VIII asrga taalluqlidir. Alleman va Bavar haqiqatlari VIII asrda paydo bo`lgan. Sak-son va Tyuring haqiqatlari esa VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida vujudga kelgan. ”Varvarlar haqiqatlari”, “Alleman haqiqati”da yozib qo`-yilganidek, qirollar tomonidan ”eng aslzodalar” (yepiskoplar, gersoglar, graflar) va ”yig`ilgan xalq” bilan birga yoki, ”Bavar haqiqati”da ko`rsatil-ganidek, ”knyazlar va butun xristian xalqi bilan birga” yaratilgan.


Yüklə 487,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin