Franklar davlati va huquqi kirish



Yüklə 487,94 Kb.
səhifə2/5
tarix16.09.2022
ölçüsü487,94 Kb.
#63706
1   2   3   4   5
FRANKLAR DAVLATI VA HUQUQI

German qabilalari II-IV asr o`rtalarida o`zlarining ishlab chiqarish kuchlarini ancha rivojlantirdilar. Ular o`z yerlarini Sezar va Tatsit zamo-nidagidan yaxshiroq ishlay boshladilar. Ularda hayvonlarning nasli (jum-ladan, otlarning nasli) yaxshilandi. Hunarmandchilik taraqqiy etdi. Che-gara viloyatida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan savdo-sotiq qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora ko`payib borayotganligi sababli yer masalasi juda keskin masala bo`lib qoldi. Varvarlar aholining oshib-toshib ketayotganligini sezmoqda edi. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishg`ol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarining Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishiga olib kelgan eng muhim va asosiy sabab yer tanqisligi edi.

Franklar davlatining ijtimoiy tuzumi

Franklarning V asr oxiri - VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi haqida o`sha davrning muhim huquqiy yodgorligi -”Sali haqiqati”-”Lex Salia” (500-yil atrofida yozilgan) anchagina malumotlar beradi. ”Sali haqi-qati”ga asoslanib, franklarning asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki undagi bir qancha moddalar erkin franklarning ekin yerlari, turli xildagi dehqonchilik qurollari, ish hayvon-lari bo`lganligidan, boshoqli o`simliklar yetishtirganligidan dalolat beradi.

Franklar xo`jaligida chorvachilik (ayniqsa, cho`chqa boqish) ham katta rol o`ynagan. ”Sali haqiqati”da yana baliqchilik, asalarichilik, bog`-dorchilik va dehqonchilikka oid bo`lgan asosiy hunarlar to`g`risida ham gapiriladi. Unda dehqonning hovlisi va bu hovlidagi har turli xo`jalik bino-lari, asbob-uskunalar to`la tasvirlab berilgan. Jamoa azosi bo`lgan frank dehqonlari shaxsiy mulk tarzida tomorqa yerga ega bo`lganlar, jamoaga qarashli bo`lgan dalada malum yer uchastkalarini ishlaganlar, jamoaga qarashli keng o`rmon va yaylovlardan birgalikda foydalanganlar. ”Sali haqiqati”da yerni sotish va sotib olish to`g`risida, uni birovga in'om qilish yoki vasiyat yo`li bilan boshqa kishiga topshirish to`g`risi da hech narsa deyilmaydi. Darhaqiqat, franklarda yer o`sha vaqtda xususiy mulk emas edi. Yer jamoa tashkilotining mulki bo`lib, ayrim frank o`z yer uchastka-sidan malum shartlar asosida foydalanardi, xolos. Hosil yig`ib olingandan keyin dalalarda hamma birgalikda mol boqardi.


Yüklə 487,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin