Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi


Rus yerlarining birlashuvi



Yüklə 87,47 Kb.
səhifə11/19
tarix20.11.2023
ölçüsü87,47 Kb.
#166097
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (1)

Rus yerlarining birlashuvi. XIV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi. Oltin O‘rda xoni yorlig‘iga binoan Rus yerlaridan soliq yig‘ish masalasida Tver va Moskva knyazlari o‘rtasida jiddiy kurash ketadi va, oqibatda, knyazlardan bir nechtasi mo‘g‘ullar qo‘lida o‘lim topadi. Bu kurash faqat knyaz Ivan Kalita (1325–1340) davrida uzil-kesil Moskva foydasiga hal bo‘ladi. Moskva knyazlari XIV asrning o‘rtalariga kelib ancha kuch to‘playdi. Bu kuch bilan Oltin O‘rdaga qarshi kurashish ham mumkin edi.
XIV asrning o‘rtasidan Oltin O‘rda ham siyosiy nizolar davriga kirib, u 20 yil davom etadi. Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich 1378-yilda Voje daryosi bo‘yida dastlabki g‘alabaga erishadi.
Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida knyaz Dmitriy qo‘shinlari 1380-yilning sentyabrida Oltin O‘rda tumanboshisi Mamay boshchiligidagi qo‘shin ustidan yana bir g‘alaba qozonadi. Bu g‘alaba sharafiga Moskva knyazi Donskoy faxriy nomini oladi. Ammo oradan ikki yil o‘tib To‘xtamishxon yana Moskva ustidan hukmronligini o‘rnatadi.
Sohibqiron Amir Temurning Oltin O‘rda ustidan 1391-yilda Qunduzcha, 1395-yilda Tarak daryosi bo‘yidagi janglardagi g‘alabalari Rus yerlari va Sharqiy Yevropa xalqlarining mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo‘ladi.
Knyaz Ivan III davrida 1480-yilda Moskva Oltin O‘rdaga boj-yasoq to‘lashdan bosh tortadi. Shu tariqa Rus yerlarida uzoq vaqt davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligi nihoyasiga yetadi.
Usmonlilar_davlatining_tashkil_topishi._Usmon_beyligi'>5-§. USMONLI TURKLAR DAVLATI
Usmonlilar davlatining tashkil topishi. Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbiy hududida tashkil topgan edi. Uning keying taraqqiyotiga Vizantiya bilan qo‘shni bo‘lgani qo‘l keladi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta’minlaydi.
Keng istilolar Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlaydi.
Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o‘g‘li O‘rxon Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo‘lgan. Xususan, bey unvoni Usmon va O‘rxonga qabila boshliqlari yig‘inida berilgan. Beylarning asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarining qo‘shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash bo‘lgan. Beylikning kuchayib borishi uning boshqaruviga ham o‘zgarishlar olib keladi. Natijada O‘rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi. O‘rxon harbiy islohot o‘tkazadi va qo‘shinni piyoda va otliq qism («musallam»)larga bo‘lib, harbiy birliklarga aylantiradi.
Usmonlilar davlati – Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299–1922). Asoschisi – Usmon I.

Yüklə 87,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin