"ФУҚаролик ҳУҚУҚИ" кафедра низоми ва хизмат вазифалари йўРИҚномаси



Yüklə 222 Kb.
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü222 Kb.
#148455
1   2   3   4   5
2023 ЙИЛ ТУГАРАК РЕЖАСИГА НАМУНА

IV. “XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ!” KASBIY TO‘GARAGIGA A’ZOLIK



  1. To‘garakka mazkur Nizom qoida va talablari hamda to‘garakning maqsad va vazifalarini ma’qullagan, millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, ilmiy-ijodiy faoliyatga qiziqqan bakalavriat va magistratura talabalari hamda tadqiqotchilar a’zo bo‘lishlari mumkin.

  2. To‘garaklar turini tanlash va qatnashish talabalar uchun ixtiyoriy bo‘lib, uning to‘garaklarga ishtirok etish haqidagi og‘zaki bildirishi yetarlidir.

V.TO‘GARAK A’ZOLARINING HUQUQ VA BURCHLARI





  1. To‘garak faoliyatiga doir barcha tashkiliy-amaliy masalalarning hal qilinishida teng huquqlilik asosida ishtirok etish va to‘garakning Nizomiga rioya qilish hamda uning maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish.

  2. Nizomga to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritish borasida takliflar va tavsiyalar bilan chiqish.

  3. Fakul’tetdagi to‘garaklar uchun maxsus jihozlangan auditoriyalar, o‘quv-texnologik jihozlar, axborot resurs markazi jamg‘armasidan va jihozlaridan foydalanish.

  4. To‘garak rahbari taqdimnomasiga muvofik tuzilgan jadval asosida to‘garakda qatnashish va mashg‘ulotlarni sababsiz qoldirmaslik.

  5. To‘garak mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan barcha o‘quv qurollarini olib kelish, xavfsizlik texnikasi, sanitar-gigienik me’yorlarga rioya qilish.

VI. “XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ!” KASBIY TO‘GARAGINI TASHKIL ETISH VA
RAHBARLIK QILISH



  1. To‘garak kafedra mudiri, fakultet dekani tavsiyasi asosida rektorning buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar nazorati ostida fakultet dekanlari tomonidan boshqariladi hamda fakultet Ilmiy Kengashiga muntazam hisobot beradi.

  1. To‘garak rahbarining vakolatlari:

  • to‘garak Nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqadi;

  • to‘garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi kerak) belgilaydi;

  • to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • to‘garak a’zolari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak a’zolari tomonidan taqdim etilgan dasturiy hujjat, loyiha va konsepsiyalarni muhokama qiladi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;

  • to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doir turli taklif va tashabbuslar bilan chiqadi.

20. To‘garak rahbarida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lishi lozim:

  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy, ijodiy to‘garaklarning Nizomi” asosida ishlab chiqilgan to‘garak Nizomi;

  • to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar;

universitet soha prorektori hamda fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi;

  • ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali;

  • to‘garak ish jadvali;

  • to‘garak ishtirokchilarning ro‘yxati;

  • to‘garak faoliyatiga oid hisobotlar.

To‘garak yig‘ilishlari uning hususiyatidan kelib chiqib, belgilanadi..


VII.TO‘GARAK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH


21.To‘garak faoliyati asosan jamoatchilik asosida tashkil etiladi, ayrim holatlarda uni tashkil qilish va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan taщqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

  1. To‘garak faoliyati uchun zarur moliyaviy mablag‘lar universitet tomonidan, quyidagi moddiy mablag‘lar asosida shakllantiriladi:

  • ta’lim xizmatlari (kompyuter xizmati va o‘quv kurslari, til o‘rgatish kurslari va boshqa) va treninglar;

  • to‘garaklar (tikuv-bichish, pazandachilik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqa);

  • ta’lim muassasalarida shartnoma asosida lektoriylar o‘tkazish;

  • shartnoma asosida o‘quv-uslubiy ishlanmalar yaratish;

  • badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

  • homiylik mablag‘lari;

  • amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. Shakllantirilgan moliyaviy mablag‘lar universitetning hisob raqamiga tushiriladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi asosida ishlatiladi.



VIII.TO‘GARAK FAOLIYATINI TUGATISH TARTIBI



  1. To‘garak faoliyati kafedra va fakultet tavsiyasiga ko‘ra universitet

Kengashi qarori bilan tugatiladi.

Namuna:

MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI


QOSHIDA TASHKIL ETILGAN “XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ!” TO‘GARAGINING 2023-2024
O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN
ISH REJASI


TO‘GARAKNING MAQSADI


Talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga, xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


TO‘GARAKNING VAZIFALARI



  • To‘garak a’zolarining iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharotlarni yaratish;

  • Talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘laydigan, Vatanga sodiq, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;

  • To‘garak a’zolarini xalqimiz ma’naviy merosiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish va hk.

XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ” TO‘GARAGI OLDIGA QO‘YILADIGAN


TALABLAR:
To‘garakning har bir a’zosi:

  • Xalqimiz ma’naviy merosi, urf-odat, an’ana va qadriyatlarini tiklash, ularni o‘rganish borasida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinadigan meyoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati, maqsad va vazifalarini, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga, milliy ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan islohatlarning mazmun va mohiyatini chuqur idrok etishi va bilishi;

  • Xalqimiz merosini durdonalarini asrab-avaylash bilan bir qatorda ularni talaba yoshlar va tengdoshlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ularda mustaqillik, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ravnaqini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib borishini ta’minlashga oid nazariy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • Xalqimizning yashovchan bo‘lib kelayotgan urf-odat, an’ana-udumlarini demokratik – fuqarolik jamiyat qurilishiga tadbiq qilishda  individual va jamoviy yondoshuv malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin