"ФУҚаролик ҳУҚУҚИ" кафедра низоми ва хизмат вазифалари йўРИҚномаси



Yüklə 222 Kb.
səhifə3/5
tarix25.09.2023
ölçüsü222 Kb.
#148455
1   2   3   4   5
2023 ЙИЛ ТУГАРАК РЕЖАСИГА НАМУНА

II. “XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ!” KASBIY TO‘GARAGINING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI



  1. To‘garakning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga, xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

“Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganamiz!” to‘garagi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • To‘garak a’zolarining iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharotlarni yaratish;

  • Talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘laydigan, Vatanga sodiq, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;

  • To‘garak a’zolarini xalqimiz ma’naviy merosiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish;

  • Talabalarga ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida tushunchalar berish, ularning ongi va qalbini loqaydlik, befarqlik kabi illatlardan forig‘ etish;

  • Yoshlar orasida vatanparvarlik, milliy g‘urur, ma’naviy teranlik va tashabbuskorlik ilmiy-ijodiy iste’dod kabi fazilatlarni qaror toptirish;

  • Xalqimiz ma’naviy merosi, an’ana va udumlari, qadriyatlari to‘g‘risida ilmiy nazariy anjumanlar, davra suhbatlari, seminar–treninglar o‘tkazish, ko‘rgazmali chiqishlar qilish;

  • “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejadagi fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada to‘garak ishtirokchilari bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlari haqida to‘garak qatnashchilariga ilmiy asoslarda tushuntirish ishlarini olib borish;

  • To‘garak ishtirokchilari orasidan iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Istedod" jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash;

  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • Zamonoviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil talim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish.

  1. XALQIMIZ MA’NAVIY MEROSINI O‘RGANAMIZ!” KASBIY TO‘GARAGINING HUQUQLARI




  1. TDPU da bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarida, ijodiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashish, turli ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rgazmalar, mushoira, ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar majmuasini uyushtirish va o‘tkazishda ko‘maklashish.

  2. Qonunda belgilangan tartibda reklama ishlarini amalga oshirish va o‘z faoliyatida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish.

  3. Yoshlar orasida madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy ishlarni olib borish va to‘garak faoliyati haqida axborotni keng targ‘ib qilish.

  4. Respublikamizdagi OTMlar, ilmiy markazlar, zamonaviy korxona va tashkilotlar hamda jamg‘armalar bilan ilmiy-ijodiy hamkorliklar o‘rnatish.

  5. Talabalarni to‘garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida fakultet Kengashi qarori asosida to‘garak a’zolari orasida tanlov tashkil qilish.




Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin