Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida


-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari



Yüklə 28,64 Kb.
səhifə6/9
tarix27.04.2023
ölçüsü28,64 Kb.
#103698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Документ Microsoft Word (2)

13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi.
14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilishlari;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari;
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari;
fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 28,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin