15-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ‘ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUChLARI 17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek obyekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro‘yxati, shuningdek ular to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)