Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm
8) SHu munosabat bilan mamlakatimiz chegaralarini qo’riqlash, mustahkamlash maqsadida qudratli rivojlangan davlatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ayniqsa harbiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash yo’li birdan bir to’g’ri yo’l va nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan tamoyillardan biridir. Bu borada Prezident Islom Karimov 2001 yil 3-5 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo’ldi. SHuningdek, 2005 yil 25 mayda mamlakatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasida bo’ldi. Tashriflar davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar, Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalasiga, mintaqada xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurash masalalariga katta ehtibor qaratildi. Mazkur davlatlar o’rtasida imzo chekilgan hujjatlarning qimmati va ahamiyati benihoya kattadir.