Fuqarolik tushunchasi. Yagona fuqarolik. Fuqarolikni belgilash asoslari − qon va tuproq huquqi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish



Yüklə 114 Kb.
səhifə2/5
tarix19.05.2022
ölçüsü114 Kb.
#58615
1   2   3   4   5
7-МАВЗУ. Маъруза

Fuqarolikka ega bo’lish
Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi. Konstitutsiyada fuqarolik asoslari belgilangan bo’lib, fuqarolikka ega bo’lish, uni yo’qotish qonun bilan tartibga solinishi belgilangan.
Qonunning 5-moddasiga asosan, quyidagilar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadi:
a) 1992 yil 28 iyul holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo’lmagan va O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxs;
b) O’zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o’qish uchun O’zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzlyuksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o’tagan va o’qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O’zbekistonga qaytib kelgan hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o’tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo’lmasa;
v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs;
g)ushbu Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.
Demak, shaxsni O’zbekiston fuqarosi hisoblash uchun qonun kuchga kirganda shaxslar O’zbekiston hududida doimiy yashayotgan bo’lishi; boshqa davlatlarning fuqarosi bo’lmasligi; O’zbekiston fuqarosi bo’lish istagini bildirgan bo’lishi; ma’lum sabablar bilan shu davrda boshqa davlatlar hududida yashayotgan bo’lsa ham, lekin O’zbekistonda tug’ilgan bo’lsa yoki doimiy yashaganligini isbot qilsa, boshqa davlatlarning fuqarosi bo’lmasligi; qonun kuchga kirgandan so’ng bir yil ichida O’zbekiston fuqarosi bo’lish istagini bildirishi asosiy shart hisoblanadi.
Ushbu qonunning 13-moddasiga asosan fuqarolik quyidagi asoslarda olinadi:
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

  1. tug’ilganlik bo’yicha;

  2. bola farzandlikka olinganda;

  3. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra ham olinishi mumkin. Ota-onalarning fuqaroligi o’zgarib, ularning har ikkalasi O’zbekiston fuqaroligiga o’tganida ularning 14 yoshga to’lmagan bolalari ham O’zbekiston fuqaroligiga o’tadi.
O’zbekistonda doimiy istiqomat joyiga ega bo’lgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekistonda tug’ilgan bolalari, agar ular O’zbekistonda tug’ilsa, O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Ota-onasi noma’lum bo’lgan, O’zbekiston Respublikasida yashayotgan bola O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
O’zbekiston fuqaroligiga ega bo’lishning muhim vositalaridan biri, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar yoki chet el fuqarolarining o’z ixtiyorlariga ko’ra O’zbekiston fuqaroligiga o’tishidir. Bunda shaxs O’zbekiston fuqaroligiga o’tishni ixtiyor qiladi, uning iltimosi tegishli tartibda ko’rib chiqilib, Respublika Prezidenti tomonidan fuqarolikka qabul qilinadi. Qonunga asosan, O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilish uchun shunday istak bildirgan shaxslar oldiga ba’zi talablar qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo’lsa;
b) fuqaroligi bo’lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O’zbekiston Respublikasi hududida uzlyuksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo’lsa;
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo’lsa;
g)O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o’z zimmasiga olsa;
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Uzluksiz besh yil davomida yashash sharti O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo’lgan va nikoh tuzilganidan keyin O’zbekiston Respublikasi hududida turmush o’rtog’i bilan birgalikda uzlyuksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonunning 20-moddasida O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning chet davlat fuqarosi bo’lgan yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) O’zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan, nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan loaqal bitta o’zidan oldingi qarindoshga ega bo’lsa;
b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo’lsa;
v) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o’z zimmasiga olsa;
g) davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Qonunning 32-moddasida o’n to’rt yoshga to’lmagan bolaning ota-onasi (yolg’iz otasi yoki onasi) O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O’zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o’zgarishi mumkinligi belgilangan. Mazkur holatda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lib qolmasa, o’zgarishi mumkin.
Ota-onasidan biri O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Agar ota-onasidan biri O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo’lsa, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo’lib qolaversa, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko’ra, tug’ilgan joyidan qat’i nazar, bola O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

  • Agar ota-onasidan biri O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo’lsa, boshqasi esa O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi bo’lib qolaversa, o’n to’rt yoshga to’lmagan, O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilgan va doimiy yashayotgan bola O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

  • Agar ota-onasidan biri O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo’lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lib qolaversa, O’zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bola O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

  • Agar ota-onasidan biri O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo’lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lib qolaversa, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan bola O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to’g’risidagi iltimosnoma O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan berilishi shart. Iltimosnoma O’zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs tomonidan doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beradi.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to’g’risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
so’rovnoma;
pasport va (yoki) yashash guvohnomasi;
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada ko’rsatilgan taqdirda, uning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo’lsa yashash guvohnomasi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat boji (konsullik yig’imi) to’langanligi to’g’risidagi hujjat.

O’zbekiston Respublikasida mamlakat fuqarosi bo’lgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi.


Sh.Mirziyoev Prezident bo’lib saylangach, mamlakatimizda uzoq yillardan beri yashab kelayotgan, fuqarosiz shaxslarni O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilishga alohida e’tibor berildi va ko’plab kishilar O’zbekiston fuqarolari qatoriga qo’shildi. Qisqa vaqt ichida 2 ming 528 nafar shaxs O’zbekiston fuqoroligiga qabul qilindi.2


Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin