O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi O’zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish hamda O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo’qotganlik oqibatida tugatiladi.
Qonunning 25-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo’qotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs etti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;
v) agar O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo’lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko’zlab faoliyat ko’rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo’lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa;
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug’ilganlik bo’yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo’lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga etmagan yoshida olgan bo’lsa va yigirma bir yoshga to’lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo’lsa.
Fuqarolikdan chiqishni iltimos qilgan shaxsning davlat oldida yoki fuqarolar yoxud davlat va jamiyat tashkilotlari oldida mulkiy majburiyatlari bo’lsa, shaxs shu majburiyatlarni bajarmagunicha fuqarolikdan chiqarish rad etiladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqmoqchi bo’lgan shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsa yoki unga nisbatan kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo’lgan sud hukmi bo’lsa, shaxsning fuqarolikdan chiqishi respublikaning davlat xavfsizligi manfaatlari zid bo’lsa, ya’ni shaxs davlat sirlaridan voqif bo’lsa, fuqarolikdan chiqishiga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |