Futbol o‘yini texnikasi Reja


Maydon o‘yinchisining texnikasi



Yüklə 105,73 Kb.
səhifə5/20
tarix21.06.2023
ölçüsü105,73 Kb.
#133360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Futbol o‘yini texnikasi Reja

3. Maydon o‘yinchisining texnikasi

Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni boshqarish texnikasidir.


Maydon o‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.
To‘pni boshqarish texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi.: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan tashqari, qo‘lda bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog‘idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga kiradi.
O‘yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o‘yindagi funksiyalariga bog‘liq. Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o‘yinchilarining hammasida yuksak darajada bo‘lishi kerak.
To‘pga zarba berish
To‘pga zarba berish futbol o‘ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To‘pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi berilgan.
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, bu to‘pning keraklicha traektoriya bo‘ylab harakatlanishi va optimal (ko‘pincha esa maksimal) tezligi bilan harakterlanadi. To‘pning uchish tezligi zarba beruvchi bo‘g‘in (oyoq yoki kalla) bilan to‘pning o‘zaro to‘qnashgan paytdagi boshlang‘ich tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatan bog‘liq. O‘zaro ta’sir etuvchi bo‘g‘inlarning massasi nisbatan muhim bo‘lgani sababli to‘pning uchish tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo‘g‘in tezligini oshirish kerak bo‘ladi.


To‘pga oyoq bilan zarba berish
To‘pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to‘pga, shuningdek turli yo‘nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to‘pga turgan joydan, harakat vaqtida sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.
Oyoq bilan to‘p juda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ular texnikasini sistema-struktura jihatidan taxlil qilish ko‘p usullar uchun umumiy bo‘lgan asosiy harakat fazalariga ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Dastlabki faza-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to‘p oldindan o‘ylab qo‘yilgan oyoq bilan tepiladigan qilib mo‘ljal olinishi kerak. Bunga eng so‘ngidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo‘ladi. Yugurish qadamlarining o‘rtacha uzunligi katta yoshli futbolchilarda bo‘ladi.
Yugurib kelish zarba beruvchi bo‘g‘inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi.
Tayyorlov fazasi- zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni erga qo‘yish. So‘nggi yugurish qadami vaqtida ortki depsinishdan juda muhim kichik faza- zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa maksimal darajada orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to‘pgacha etib keladigan yo‘li uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son anchagina orqaga tortilganda harakatlantiruvchi muskullarning hammasi ham cho‘ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat oxirida katta tezlikga erishish imkonini beradi.
Zarba beruvchi oyoq orqaga tortilishini to‘g‘ri bajarish uchun yugurib kelishdagi so‘nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo‘lib, 200-250 sm.ni tashkil etadi. Tayanch oyoq To‘pdan o‘ng yoki so‘l tomonga qo‘yiladi.
Ishchi faza- zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish harakati tayanch oyoqni erga quyish paytida sonni olg‘a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan bukilgan boldir orasida hosil bo‘lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan oyoq kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og‘irlik markazini tos-son bo‘g‘imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («CHxaidze paradoksi»). Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini oshirish uchun unga kattaroq massali bo‘g‘indagi harakat miqdorini (mv) asta-sekin o‘tkazib berish kerakligi sabab. To‘pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli qilichdek harakatlantirib zarba beriladi.
Zarba berish paytida oyoqning to‘piq bilan tizza bo‘g‘imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» aylanishi zarba beruvchi bo‘g‘im massasini ko‘paytirish imkonini beradi.
Zarba paytidagi o‘zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to‘pga tekkan joyi to‘pning shaklini o‘zgartiradi – deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to‘pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to‘p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to‘p shaklini tiklaydi-da, to‘pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo‘ladi. Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi.
Futbol to‘pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to‘pga tegib turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to‘pning uchish tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga bog‘liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda zarba beruvchi oyoq to‘p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o‘z navbatida bu to‘pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to‘pning harakat yo‘nalishi ham ko‘p jihatdan surib borish yo‘nalishi bilan belgilanadi.
Yakunlovchi faza-keyingi harakatni boshlash dastlabki holatga o‘tish. Zarba berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg‘a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida tayanch satxi ustida bo‘lgan gavda og‘irlik markazi o‘qi oyoq harakati tomonga ko‘chadi.
Shu tariqa keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.
Oyoq bilan to‘p tepishning ko‘p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir. YUqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch bilan to‘p tepish imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko‘pincha harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo etadi. Bundan tashqari, to‘p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi spetsifik xususiyatlar ham bor.



Yüklə 105,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin