G. A. Vinokur tomonidan berilgan tushunchaning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi: V har qanday so'z atamaning rolini o'ynashi mumkin Bu atama emas maxsus so'z, faqat maxsus funktsiya, funktsiyadagi so'z



Yüklə 353,62 Kb.
səhifə17/22
tarix14.12.2023
ölçüsü353,62 Kb.
#178709
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
avtoreferat

Ўзбекистон республикаси


III BOB. O‘ZBEK TILIDA INGLIZCHA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR SISTEMASI





Начало формы

Конец формы

Yüklə 495,05 Kb.



səhifə

4/5

tarix

21.05.2018

ölçüsü

495,05 Kb.




#45127




1 2 3 4 5
Bu səhifədəki naviqasiya:

  • buldog, gorilla, gibbon, kenguru, broyler

  • innovatsiya, volapyuk

  • vatman

  • xuligan

  • [ingl. Highmore] ingliz vrachi va anatomi N.Gaymor nomidan; lyuizit [ ingl. lewisite] amerikalik kimyogar U.Lyuis (Lewis) nomidan; makintosh

  • 2. O‘zlashma so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari va leksikografik talqini

  • -bol elementli futbol, voleybol, basketbol, gandbol kabi leksemalar mavjud. Biroq g andbol

  • [ ingl. out – tashqarida, narida] leksemasi mavjud. Leksikamizdagi inglizcha o‘zlashmalar orasida aut

  • [ ingl. time out – muayyan vaqtdan tashqari(da)]; sportning boks turida ishlatiladigan nokaut

  • autsayder


III BOB. O‘ZBEK TILIDA INGLIZCHA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR SISTEMASI

1. O‘zlashmalarning mavzuviy guruhi
Inglizcha o‘zlashmalar sinonimik, antonimik kabi leksik-semantik munosabatlarda bo‘lar ekan, muayyan paradigma a’zolari bilan birgalikda mavzuviy guruhlarga birlashadi. Bu kabi mavzuviy guruhlar tilda iyerarxik (pog‘onali) munosabatlar asosida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Tilning lug‘at tarkibi jamiyatdagi o‘zgarishlarga mos rivojlanishda bo‘lar ekan, leksikaning boyishida o‘zlashma so‘zlarning o‘rni birlamchi vazifa bajaradi.
Istiqloldan so‘ng o‘zlashma so‘zlarning tilimizga bevosita o‘zlashishi kuchaydi. Xususan, inglizcha o‘zlashmalar bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniy-ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Hozirgi paytda bu so‘zlarning ko‘pchiligi zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida og‘zaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Inglizcha o‘zlashmalarni quyidagi mavzuviy guruhlar asosida tasniflab o‘rganish mumkin:
1. ijtimoiy-siyosiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
2. iqtisodiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
3. madaniy-ma’rifiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;
4. sport sohasiga oid mavzuviy guruh leksikasi.
Bugungi kunda hali lug‘atlarimizda qayd etilgan ko‘pgina o‘zlashmalar matbuot sahifalarida qo‘llanib kelmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari doirasida qo‘llanayotgan ko‘plab leksemalarning o‘zbekcha – lug‘atlarda tavsiya etilgan variantlari mavjud emas. Bizningcha, ularni zarurat bo‘lsa, tilimiz tabiatiga mos ravishda o‘zbekchalashtirib, lug‘atlarimizga kiritish lozim bo‘ladi.
Quyida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasiga oid mavzuviy guruh so‘zlarini ichki bo‘linishlar asosida tasniflab o‘rganamiz.
Oziq-ovqat mahsulotlari nomi: bifshteks, gamburger, yogurt, keks, ketchup, jem kabilar.

Ichimlik nomlari: kokteyl,koka-kola, pepsi-kola, pom, viski kabilar.

Kiyim-kechak nomlari: jemper, jinsi, kovboyka, pidjak, pijama, sviter, trusi, reglan kabilar.
Uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi: mikser, pleyer//pleyyer kabilar.
Kosmetika va maishiy mavzuga oid: sheyping, shampun, fen, servis kabilar.
O‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar: vokzal, dendropark, drenaj, skver, kemping, klub, kollej, kottej, motel, bar (kichik restoran, mayxona), tunnel, zoopark, xoll park, supermarket kabilar.
Mato nomlari: belting, tik, reps, sheviot, neylon, koverkot kabilar.

Tansport vositalari nomi: trolleybus, ekspress, tramvay, pikap, layner, treyler, tanker kabilar.

Ilmiy terminologiya:

Fan sohalari, yo‘nalishlar nomi: logistika, ufologiya, menejment kabilar.


Dunyoqarash, nazariya va ijtimoiy-siyosiy soha terminlari: formalizm, sentrizm, tred-yunionizm, dominion, impichment, lokaut, sammit, sentrist, leyborist, lider, miting, spiker, charter, boykot kabilar.

Iqtisodiy soha va savdo-sotiqqa oid: lizing, eksport, banknot, broker, varrant, vaucher, grant, demping, diler, diskont, import, importyor, investor, barter, budjet, marketing, menejer, xolding, kliring, konsalting, barmen, biznesmen, biznes kabilar.

Tibbiyot sohasiga oid: ketgut, shok, gaymorit, traxeit, xinin, guttapercha, stress, drenaj kabilar.

Matbaachilik (noshirlik)ka oid: press-konferensiya, press-sekretar, printer, rotaprint kabilar.


Rasmiy domiralardagi uchrashuv, yig‘in nomi: brifing kabi.

Tashkilot va tashkilot nomlari: Interpol, tred-yunion, aeroklub, press-byuro, provayder kabilar.

Texnika, texnik vosita va jihoz nomlari: terminal, avtokar, antifrizlar, avtoralli, vulkanizatsiya, bluming//blyuming, kreking, skreper, taymer, forsunka, lazer, server, jin, blok, buldozer, vagon, ekskavator, kombayn, magneto, starter, stop-kran, karter, bufer, nippel, guttapercha kabilar.

Sport sohasiga oid: aut, autsayder, badminton, biznesmen, basketbol, ping-pong, vaterpolo, velotrek, kart, karting, kort, match, motobol, lider, motokross, nokaut, nokdaun, raund, regbi, rekord, rekordsmen, ring, set, spidvey, sport, sprint, sprinter, start, taym-aut, tennis, trek yo‘lka, trener, trenirovka, final, finish, futbol, xokkey, chempionat, yaxta sport qayig‘i, yaxtsmen, bullit, butsi, voleybol, gandbol, geym, gol, golkiper, golf, referi, sportsmen, boks, pas, ralli, reyting, trenajyor, stayyer, kanoe,taym, bodibilding, kema kabilar.

Axborot texnologiyalari, telegraf (aloqa tizimi) sohasiga oid: displey, printer, monitor, multimedia, skaner, kompakt-disk, tiker, internet, sayt, peyjer, peyjing, xaker, fayl, disketa, kartrij, teleks, teletayp, telefaks kabilar.

Pul birligi nomlari: dollar, sent, shilling, funt sterling kabilar.


Hajm-o‘lchov birligi: barrel kabi.
Harbiy ish va harbiy sanoatga oid: blokada, tanketka, revolver, snayper, park kabilar.
Pedagogika, psixologiya va maorifga oid: topik, interaktiv, reyting, innovatsiya, keys, test, trening, metodist kabilar.
Tarix faniga oid: feodalizm, sentralizm kabilar.
Fizika fani va radiotexnikaga oid: vattmetr, dielektrik, neytron, radar, spidometr, tranzistor, reaktor kabilar.

Biologiya, botanika, fiziolgiya, geografiya fani sohalarga oid: klon, mimikriya, vilt, dendropark, aysberg kabilar.

Kimyoga oid: fosforit, potash, spirt, koks, kompost, lyuizit, toner, formalin, fosfatlar, furfurol, dust, reagent, reaktor kabilar.

Zoologiya: buldog, gorilla, gibbon, kenguru, broyler kabilar.

Jurnalistika sohasiga oid: intervyu, reportaj, reportyor kabilar.
Adabiyot, san’at, musiqaga oid: triller, detektiv, pamflet, folklor, yumor, dizayn, detektiv, film, prodyuser, diafilm, serial pop-musiqa, jaz, klip, rekorder, shou kabilar.

Tilshunoslikka oid: innovatsiya, volapyuk kabilar.

Narsa-buyum otlari: seyf, skotch, tent, soyabon, kanistr(a), konteyner;

Yel-yog‘in otlari: tayfun kabi.

Jarayon otlari: monitoring, filtratsiya, eskalatsiya kabilar.


O‘quv quroli: keys, flomaster kabilar.
Kasb, hunarmandchilik va boshqa biror harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti: kovboy, doker, barmen, biznes, biznesmen, detektiv, riksha kabilar.
Insonlarning shakl-ko‘rinishi: liliput kabilar.
Insonlarning ruhiy holati: zombi kabilar.
Insonlarning xarakter-xususiyati belgisi: xuligan, sentimental kabilar.
Diyetologiya (ovqatlanish to‘g‘risidagi hozirgi zamon fani)ga oid: vegetarian kabi.
Dengizchilikka oid terminlar: kanoe, kater, akvalang, trauler kabilar.
Qishloq xo‘jaligiga oid: chizel kabi.
Qurilish sohasida: pemza kabi.
Temir yo‘lga oid: rels, tender kabi.
Narkotik modda nomlari: doping kabi.

Yonilg‘i mahsuloti nomi: kerosin kabi.


kimyoviy tarkibli elastik modda: kauchuk kabi.
Terrorizm va qo‘paruvchilikka oid: gangster, reket kabilar.
Etnografiyaga oid termin: totem, totemizm kabilar.

Chizmachilikka oid: vatman kabi.


Gidrotexnik inshoot: pirs kabi.

Ijtimoiy tabaqa: lord, fermer kabi.


Binokorlik sohasidagi: lift, eskalator kabilar.
Vaqtli (davriy) nashrlarda boshqotirma turi: krossvord, chainvord kabi.
Rasmiy me’yoriy-texnik hujjat nomi: standart kabi.
(Angliya va Amerikada) erkaklarga nisbatan, odatda, ism yoki familiya oldiga qo‘shib qo‘llanadigan so‘z: mister kabi.
Marosimlardagi qadah nutqi: tost kabi.
Leksemalarning mavzuviy guruhlarini turlicha tasniflar asosida o’rganish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, sport mavzusidagi va ularning ichki bo’linishidagi fan, san’at, dengizchilik, temir yo‘l, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik qurilish, savdo-sotiq, tibbiyot, matbaachilik, axborot texnologiyalari, telegraf, harbiy, maishiy mavzularga oid leksemalar o’ziga xos tizimga ega.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari nomi, ichimlik nomlari, kiyim-kechak nomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi, tashkilot nomlari, o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar, mato nomlari, tansport vositalari nomi, narkotik modda nomlari, yonilg‘i mahsuloti nomi, texnik jihoz nomlari ham o‘zbek tili leksikasidagi ayrim mavzuviy guruhlarning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishga xizmat qilmoqda.
Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida fan sohasi va ilmiy terminlarning alohida o‘z o‘rni bor. Xususan, pedagogika, psixologiya, etnografiya, fizika, jurnalistika, tarix, adabiyot, musiqa, tilshunoslik, biologiya, botanika, fiziolgiya, diyetologiya, geografiya, kimyo, zoologiya, chizmachilikka oid birliklar ham ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida maishiy, savdo-sotiq borasidagilari ham o‘ziga xos bo‘lib, supermarket leksemasi hozirda neologizmlik xususiyatni yo‘qotib, zamonaviy qatlamga o‘tgan deyish mumkin. Savdo maskani uyasiga kiruvchi do‘kon, minimarket, supermarket, gipermarket, megamarket, savdo majmuasi (Moll ing. “mall” – xiyobon) leksemalari mavjud bo‘lib, gipermarket leksemasi neologizm xarakteriga ega. Megamarket, moll leksemalari esa rus tili leksikasiga xos bo‘lib, o‘zbek tiliga o‘zlashmagan.
Bu leksemalar o‘ziga xos ma’noviy farqlanishga ega bo‘lib, bu farqlanish qaysi turdagi savdo mahsulotlarini sotish, umumiy yer maydoni, omborxonasi maydoni, bir vaqtning o‘zida qancha xaridorni qabul qila olishi, xizmat ko‘rsata olishi, kassa apparatlari soni, sotuvchilar miqdori, kerakli mahsulotlarni qancha miqdorda yetkazib bera olish qobiliyati kabilar bilan ham farqlanadi. Ularning o‘zaro farqini quyida kuzatishimiz mumkin.
Eng yirik savdo maskani bo‘lgan savdo majmuasi hisoblanib, uning umumiy yer maydoni 1000 kv.m. dan 100 000 kv.m. gacha o‘zgarib turadi. Xorijiy davlatlarda uning moll deb ataladigan varianti mavjud bo‘lib, uning ichkarisida mashinalar yurishiga ruxsat etilmaydi. Moll, asosan, yirik magazinlar qatoridan tashkil topib, o‘rni bilan ular orasida galereya, restoran, kafe, sartaroshxona, kinoteatr kabilar ham mijozlarga xizmat ko‘rsatib turadi.
Keyingi savdo maskani gipermarketning yer maydoni 3000 kv.m. atrofida bo‘lib, omborxonasining maydoni esa 1000 kv.m. bo‘lishi talab etiladi.
Savdo maskanlari ichida keng tarqalgan turlaridan biri supermarketning umumiy yer maydoni 400 kv.m.dan 1500 kv.m. gacha yetadi, omborxonasi 250 kv.m.dan 600 kv.m. gacha cho‘ziladi.
Hozirda eng keng tarqalgan turlaridan yana biri minimarket savdo maskani esa 200 kv.m. dan 600 kv.m.gacha yetadi.

Do‘kon esa arabcha bo‘lib, tilimizda biror narsa sotish uchun maxsus jihozlangan savdo-sotiq xonasi sifatida izohlangan. Shuningdek, yuqoridagilardan tashqari katta yoki kichik turdagi savdo maskanlari nomi ham tilimizda uchrab turadi.
Ko‘rinadiki, savdo maskanlari sifatida sanalgan savdo majmuasi, gipermarket, supermarket, minimarket, do‘kon kabi leksemalar uchrab turadi. Bu leksemalar leksik-semantik xususiyatiga ko‘ra o‘zaro graduonimik (darajalanish) munosabatni tashkil etadi.
Inglizcha o‘zlashma leksemalar, asosan, ot, o‘rni bilan, boshqa turkum doirasida leksik-semantik munosabatlarga ega bo‘ladi. Insonlarning xarakter-xususiyat belgisini ifodalovchi xuligan leksemaci sifat turkumidagi bezori, bezori, bevosh, avbosh leksemalariga, sentimental leksemaci esa ko‘ngli bo‘sh, ko‘ngilchan, yig‘loqi kabilar bilan ma’nodoshlik munosabatiga kirishadi.
O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi.

Inglizcha o‘zlashmalarning tilimizda qo‘llanilishi faollashayotgan ekan, ayrim o‘zlashmalarning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq etimologik tarixi ham til sohiblari uchun qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, o‘zlashish tarixi mustaqillikkacha bo‘lgan kovboy [ingl. cow-boy < cow – sigir + boy – yigit] leksemasining AQShning g‘arbiy shtatlarida otliq cho‘pon, podachi; mard, jasur yigit ma’nosini ifodalashi g‘ayritabiiy tuyulmaydi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zlashgan, yoshlarning mazali va yengil ovqat hisoblangan xot-dog [ingl. hot – qaynoq, issiq; dog – it] leksemasi esa ingliz tilidan boshlang‘ich ma’lumoti bo‘lgan kishida ham kuchuk go‘shtidan tayyorlangan taom nomi bo‘lishi mumkinligi haqida shubha uyg‘otadi. Biroq bu kabi nomlanishi o‘z tarixiga ega bo‘lgan taom nomlarining etimologiyasi yirik hajmdagi izohlarni talab etadi. Internet sahifalarida xot-dog 1884-yilda sosiskaning sinonimi sifatida ishlatilgani, o‘sha paytda sosiska tayyorlovchilarning shiori bo‘lgan “Love me, love my dog”, ya’ni shunga mos egasini hurmat qilsang, itiga suyak tashla qabilidagi iboraning ishlatilishi, bu nomning ilk bora Berri Popik tomonidan tilga olina boshlangani, 1906-yilda esa mashhur multfilm yaratuvchisi Tomas Aloysius Dorgan tomonidan e’tirof etila boshlangani bayon etiladi. Shuningdek, xot-dog so‘zining etimologiyasi bilan bog‘liq boshqa versiyalari ham aytib o‘tiladi. Qisqasi, xot-dogda umuman kuchuk go‘shti yo‘qligi, faqatgina mol yoki tovuq go‘shtidan tayyorlanishi qayd etiladi. O‘zlashish tarixi mustaqillikkacha bo‘lgan kokteyl leksemasi ham inglizcha cocktail – xo‘rozning dumi lug‘aviy ma’nosida o‘z etimologik tarixiga ega.



Inglizcha o‘zlashmalar tilimizga narsa-hodisa yoki belgi kabi tushunchalarning nomi sifatida tayyor holatda kirib kelsa-da, ularning o‘z tilidagi etimologik tarixi ham kishini beqarq qoldirmaydi. bezori ma’nosidagi xuligan [ingl. hooligan] leksemasi irlandcha atoqli ot Houlihan ismli kishi nomidan; juda kichik odam; mitti ma’nosidagi liliput [ingl. Lilliputian] taniqli yozuvchi J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi xayoliy Liliputiya mamlakatining fantastik darajadagi mitti odamlari nomidan; vatman [ingl. Whatman] qog‘oz fabrikasi egasi J.Uotmen nomidan; tibbiyot sohasida ishlatilayotgan gaymorit [ingl. Highmore] ingliz vrachi va anatomi N.Gaymor nomidan; lyuizit [ingl. lewisite] amerikalik kimyogar U.Lyuis (Lewis) nomidan; makintosh [ingl. Mackintosh] nam o‘tkazmaydigan matoni ixtiro qilgan shotland kimyogari Makintosh nomidan; sport sohasida ishlatilayotgan regbi [ingl. rugby] Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan; badminton [ingl. Bad­minton] Angliyadagi Badminton shahri nomidan; reglan [ingl. Reglan] ingliz generali Reglan nomidan; sheviot [ingl. cheviot] Shotlandiyadagi mayin yungli qo‘ylar zoti yetishtirilgan Sheviot tepaliklari (Cheviot hills) nomidan; siyosiy tushuncha ifodalovchi boykot [ingl. Boycott] leksemasi angliyalik katta yer egasi Ch.K.Boykot nomidan olingan bo‘lib, atoqli otlarning turdosh otlarga o‘tishi – ma’no kengayishi sifatida tushunish mumkin.
Umuman olganda, leksikamizda mavjud oziq-ovqat mahsulotlari nomi, ichimlik nomlari, kiyim-kechak nomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi, tashkilot nomlari, o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar, mato nomlari, tansport vositalari nomi, narkotik modda nomlari, yonilg‘i mahsuloti nomi, texnik jihoz nomlari ham o‘zbek tili leksikasidagi ayrim mavzuviy guruhlarning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishga xizmat qilmoqda.



Yüklə 353,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin