2. O‘zlashma so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari va leksikografik talqini Mustaqillikkacha bo‘lgan so‘z o‘zlashish jarayonida ayrim leksemalarning tilimizga rus tilining fonetik, leksik, morfologik yoki sintaktik hodisalariga moslashgan holda o‘zbek tili leksikasiga o‘zlashganini kuzatish mumkin. Trenirovka leksemasi ham shu hodisa mahsuli bo‘lib, ma’lum sifat-xususiyatlarga ega bo‘lish yoki ularni saqlab qolish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg‘ulotlar tushunchasini ifodalaydi. Bu leksemaning asl varianti mustaqillikdan so‘ng trening [ingl. training – o‘rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish] shaklida o‘zlashtirildi.
trenirovka
trening
TRENIROVKA [r. < ingl. training]
1 Ma’lum sifat-xususiyatga ega bo’lish yoki ularni saqlab qolish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg’ulotlar.
2 Muayyan reja asosida sportchini, uning organizmini o’z kuchini maksimal namoyon qilishga, chidamlilik, tezlik, chaqqonlikka va g’alaba uchun intilishga tayyorlab borish.