Ishning maqsadi: fenol—formaldegid smolalarini kislota muhitida (1 - usul) va ishqoriy muhitda (2 - usul) olish
Reaktivlar: fenol, formaldegid, 1 n xlorid kislota, urotropin.
Idish va asboblar: yumaloq tubli kolba, Libix sovutgichi, Vyurst kolbasi, chinni kosacha, termometr.
- usul. Ishning bajarilishi: 200 ml sig’imli kolbaga (sovuttich va termometr bilan jihozlangan) 9,4g (0,1 mol) fenol solib 40-50°C gacha qizdiriladi. Fenol suyuqlangach 8,5 ml (0,085mol) 36% formalin qo’shiladi. Aralashtirib bo’lgach 1n HC1 eritmasidan 5 ml (0,005 mol) quyiladi. So’ngra aralashma 80°C da 10-15 min teskari sovutgich o’rnatilgan kolbada qizdiriladi. Kolbadagi aralashma 10-15 minutdan so’ng loyqalanadi va qavatlanadi. Shundan so’ng kolbani yana 30 minut davomida qizdiriladi. Kolbada ajralib chiqqan qavatni ajratib olib, qolgan qismidan vakuumda (100 mm. simob ust.) suvni haydab olinadi. Suvni haydab olinganda kolbani harorati 50°C dan pastga tushmasligi kerak. Reaksiya tugagach hosil bo’lgan smolani kolbadan chinni kosachasiga solinadi. Olingan smolani urotropin yordamida qotiriladi. Buning uchun 2g smola olinib hovonchada 0,2g urotropin bilan eziladi. 150°C gacha qizdirilgan pipetkaga temir plastinka qo’yib 45x45 mm maydonchada metall spatel yordamida hosil bo’lgan aralashma yoyiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng smola qotadi.
- usul. Bu variantda smola olish uchun 30 % li ammiak eritmasi, stearin kislotasi va etil spirti kerak.