POLIMERLARNING KIMYOVIY XOSSALARI -laboratoriya mashg’uloti
POLIAKRILAMID GIDROLIZINI ISHQORNING VA POLIMERNING TURLI KONSENTRATSIYALARIDA O’RGANISH
Ishning maqsadi: poliakrilamid gidrolizlanish tezligini ishqor va polimerning turli konsentratsiyalarda aniqlash va gidroliz reaksiyasining gidrolizlovchi agent va polimer bo’yicha tartibini topish.
Reaktivlar: poliakrilamidning suvdagi 1,0% li eritmasi, natriy gidroksidning 0,05 va 5M eritmasi, xlorid kislotasining 0,1M eritmasi, distillangan suv.
Idish va asboblar: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob (11-rasm), elektromexanik aralashtirgich, termostat, uzun ignali 2 ml li shprits, shisha va kumush xlorid elektrodli pH-metr, magnitli aralashtirgich, 100 ml hajmli stakan, 50 ml li byukslar (8 ta), 50 ml hajmli o’lchov stilindri, 2 ml li mikrobyuretka.