Ishning bajarilishi: polimerning (ishqorning konsentratsiyasi doimiy) va ishqorning (polimerning konsentratsiyasi doimiy) turli konsentratsiyalarda poliakrilamidning ishqoriy gidrolizini o’rganish;
reaksion aralashma namunalarida gidroliz mahsulotining kimyoviy tarkibini aniqlash; 3) polimer va ishqor bo’yicha poliakrilami dning gidrolizlanish reaksiyasi tartibini aniqlash.
Reaksion idishga (11-rasmdagi) poliakrilamidning 1,0 % li eritmasidan 50ml solib, termostat haroratini 50°C gacha ko’tariladi va reaksion aralashmaga 2,5 ml 5 M natriy gidroksid qo’shiladi va shu vaqtdan reaksiya boshlangan deb hisoblanadi. Reaksiya 2 soat davom etadi va potenstiometrik titrlash uchun 2 ml dan namunalar olinadi. Birinchi namunani 5 minutdan so’ng, qolganlarini 1 soat davomida har 15 minutda va 2 soat davomida har 30 minutda olinadi.
Poliakrilamidning gidroliz darajasini potenstiometrik aniqlash usuli 4.6- ishda berilgan. Xuddi shunga o’xshash tajribalarni gidrolizlovchi agent ning turli konsentratsiyalari bilan olib boriladi. Buning uchun reaksion idishga
19
№
NaOH, mol/l
lg[NaOH]
V,%(mol)/min
lgV
Olingan natijalar asosida IgV — lg[NaOH]bog’liqlik grafigi chiziladi va hosil bo’lgan to’g’ri chiziqning abssissa o’qiga nisbatan burchak tangensi— natriy gidroksidi bo’yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiya tartibi topiladi.
Polimer bo’yicha reaksiya tartibini aniqlash uchun natriy gidroksidning berilgan konsentratsiyasida polimerning har xil konsentratsiyalarida tajribalar o’tkaziladi. Buning uchun poliakrilamidning 1,0 % li eritmasi distillangan suv bilan suyultirilib, 50 ml dan 0,75; 0,5 va 0,25% li polimer eritmalari tayyorlanadi va magnitli aralashtirgich yordamida aralashtirilib, har biriga 5 M natriy gidroksid eritmasidan 2,5 ml dan qo’shiladi. Olingan natijalar 22-jadvalga yoziladi.
Natijalar asosida gidrolizlanish tezligining polimer konsentratsiyasiga bog’liqlik kinetik egri chizig’i grafigi chiziladi. Kinetik egri chiziqdan gidrolizning boshlang’ich tezligi topiladi, logarifmlanadi va natijalar 23- jadvalga yoziladi.
23-jadva
№
[PAA], mol/l
lg[PAA]
V,%(mol)/min
lgV
IgV — lg[PAA] bog’
iqlik grafigi chiziladi va hosil bo’lgan to’g’ri
chiziqning abssissa o’qiga nisbatan burchak tangensidan poliakrilamid bo’yicha reaksiya tartibi topiladi.