POLIMERNING MOLEKULYAR MASSASI VA MOLEKULYAR - MASSAVIY TAQ SIMLANISHI
-laboratoriya mashg ’uloti POLIAMIDLARNING MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: poliamidlardagi amin guruhlarini (amin sonini) aniqlab, molekulyar massani hisoblash.
Reaktivlar: poliamid namunasi, HCl ning 0,1 n li spirtdagi eritmasi, KOH ning 0,1 n li spirtdagi eritmasi, metiloranj
Idish va asboblar: hajmi 250 ml li shlifli konussimin kolbalar, byuretkalar, Byuxner voronkasi
Ishning bajarilishi: Poliamidlar kimyoviy tuzilishiga ko’ra yuqori molekulyar aminokislotalar deb qaralishi mumkin:
H-[-NH-R-NH-CO-R’-CO]n-OH
1 g polimerga to’g’ri keladigan karboksil guruhlar soni uning molekulyar massasiga bog’liq, Bu aminiguruhlarga ham tegishli.
Qator poliamidlar oddiy organic erituvchilarda erimaydi, ammo krizol va fenolda oson eriydi. Shunday poliamidlar (masalan, ba’zi sopolimerlar va N - o’rindosh poliamidlar) ham borki, ular spirtlarda yaxshi eriydi. Poliamidlar tahlili uchun ularning eruvchanligiga qarab tayyorlash usulini tanlash lozim. Spirtda erimaydigan poliamidni avval maydalab, so’ng krizol yoki dimetilformamidda eritiladi. Shu eritmani juda tez aralashtirilgan holda spirtga quyiladi. Hosil bo’lgan kukunsimon polimer Byuxner voronkasida filtrlanib erituvchi batamom chiqib ketguncha spirt bilan yuviladi va havoda sovutiladi. Spirt eriydian poliamidning spierli eritmasidan suvda choktiriladi. Byuxner voronkasida cho’kma filtrlanib issiq suv bilan ko’p marta yuviladi va vacuum eksikatorda sulfat kislota ustida quritiladi.
Dostları ilə paylaş: |