Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg
Yonuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari Yonuvchi suyuqliklar (efir, benzol, toluol, benzin, spirt, atseton va boshqalar) bilan ishlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Ularni ish stolida ko’p miqdorda saqlash yaramaydi.
Yonuvchi suyuqliklarni ochiq gaz alangasida yoki ochiq elektr plitasida qizdirishga yo’l qo’yilmaydi. Ularni qizdirish kerak bo’lsa, suv, moy yoki qum hammomidan foydalanish zarur.
Yonuvchi suyuqliklarni og’zi ochiq idishda qizdirish taqiqlanadi. Ularni og’ziga qaytarma sovutgich o’rnatilgan kolbalarda, juda to’latib yubormay qizdirish kerak.
Laboratoriyada o’t chiqsa, shoshilmasdan, gaz jo’mraklarini bekitish va olovga yaqin turgan yonuvchi moddalarni uzoqqa olib qo’yish kerak. Agar biror idishdagi ozroq suyuqlik o’t olib ketsa, uni adyol yoki asbest qog’oz bilan darhol yaxshilab o’rash kerak. Agar yonayotgan suyuqlik stol ustiga to’kilsa, uni qum sepib o’chirish yoki uning ustiga adyol yopish kerak. Agar alanga o’chmasa, uni o’t o’chirish asbobi bilan o’chirish va o’t o’chirish komandasiga darhol xabar berish kerak. Agar talaba ustidagi kiyim yona boshlasa, bu talabani adyol bilan o’rab, o’tni o’chirish kerak.
Terisi kuygan talabaning terisini kaliy permanganatning quyuq eritmasi bilan ho’llash yoki kuyishga qarshi dori surish lozim.