Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg
Ishning bajarilishi: Poliakrilonitrilni maydalab 250 ml li tagi dumaloq kolbaga solinadi. Kolbaga teskari sovutgich o’rnatib, uning tepasidan gaz chiqarish nay ulanadi. Gaz chiqarish nayining ikkinchi uchini 0,5n 50 ml avvaldan titrlangan HCI eritmasi solingan konussimon kolbaga tushiriladi. Kolbaga 10 ml 10% li o’yuvchi natriy eritmasidan solib, undagi eritmani 2 soat davomida qaynatiladi. Ajralib chiqayotgan NH3 ikkinchi kolbadagi HCI eritmasiga yuttiriladi. Tajriba tugagandan so’ng, 0,5 n HCI eritmasi titri aniqlanadi.