103
oshadi)
Langergans
orolchasi
hujayralarida
insulin
ajralishi
Pasayadi
α
3.3. Metasimpatik asab tizimi
Simpatik va parasimpatik asab yo‗llari uzib qo‗yilgandan keyin ham, organizm
ichki a‘zolarining ko‗pchiligi o‗z faoliyatini o‗zgartirmagan holda davom ettiradi.
Masalan, ichaklarda peristaltika va so‗rilish faoliyati saqlanadi, perfuziyalangan
yurakning qisqarishlari davom etadi, bachadon, siydik yo‗llari, o‗t pufagi segmentlari
o‗ziga xos chastota va amplitudada qisqaradi. Ushbu funksional avtonomlikning
mavjudligi, bu a‘zolarning devorlarida gangliy tizimlarini borligi bilan tushuntiriladi.
Gangliy tizimlari shaxsiy avtomatiyaga ega va ularda, avtonom reflektorli va
integrativ faoliyati uchun zarur bo‗lgan – sezuvchi, oraliq, harakat zvenolari va
mediatorlari bor. Demak, ko‗pchilik kovak visseral a‘zolar, ekstroa‘zo simpatik va
parasimpatik asab tizimlari bilan bir qatorda, asab boshqarish mexanizmining
shaxsiy bazasiga ega. Bu holatda ishni boshqarish, a‘zolarning o‗z devorlari doirasida
tutashgan reflektorli yoy tomonidan ta‘minlanadi (39-rasm).
Dostları ilə paylaş: