G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Vissero-somatik reflekslar
ichki reseptorlar qo‗zg‗alganda, ichki a‘zolar 
faoliyati o‗zgarishi bilan bir qatorda, skelet mushaklarining faolligi o‗zgarishi 
shaklida namoyon bo‗ladi. Masalan, skelet mushaklar faolligining kuchayishi 
(qisqarishi) 
yoki 
tormozlanishi. 
Ma‘lumki, 
karotid 
zona 
xemo– 
va 
mexanoreseptorlarning ta‘sirlanishi, organizmning umumiy harakat faolligini 
tormozlanishi bilan birga sodir bo‗ladi, ovqat hazm qilish yo‗li reseptorlarining jadal 
ta‘sirlanishi esa, qorin pressi mushaklarining qisqarishi yoki oyoq–qo‗llarning 
harakatlanishini chaqirishi mumkin.
Vissero-sensor refleks
deganda ichki reseptorlar 
qo‗zg‗alishi natijasida ichki a‘zolar faoliyatining o‗zgarishi, skelet mushaklari 
faoliyatida siljishlar ro‗y berishi bilan bir qatorda, somatik sezgirlikning o‗zgarishi 


108 
tushuniladi. Bunday refleks paydo bo‗lganda, ichki reseptorlardan impulslarni qabul 
qiluvchi segmentdan afferent tolalar olgan tana sohasida sezgirlik ortadi. Bunday 
reflekslarni chaqirish uchun juda ham kuchli va uzoq muddatli ta‘sir zarur bo‗ladi. 
3.5. A’zolar faoliyatiga avtonom asab tizimining ta’siri 
Avtonom asab tizimi, hayotiy funksiyalarning dinamik uyg‗unligini saqlashda 
qatnashuvchi a‘zolar faoliyatini muvofiqlashtiradi va moslashtiradi, metabolizmni, 
qo‗zg‗aluvchanlikni, ichki a‘zolar va markaziy 
asab tizimi avtomatizmini ham 
boshqaradi. Ko‗pchilik ichki a‘zolar ikki yoki uch xil, ya‘ni 
simpatik

parasimpatik
va 
metasimpatik
 
innervasiyaga
ega. 
Simpatik asab tizimi
qo‗zg‗alganda, organizmda rivojlanadigan o‗zgarishlarni 
tasavvur qilish uchun, tashlanishga yoki qochishga tayyorlangan hayvonni eslash 
kifoya. Bu vaqtda, uning ko‗z qorachiqlari kengayib, ko‗zlari yonadi, yuragi gupillab 
uradi, teri va ichki a‘zolarining qon tomirlari torayib, skelet mushaklari va miya 
tomirlari kengayadi. Havo yo‗llarining silliq mushaklari bo‗shashib, kengayadi, 
o‗pkaga havo ko‗p kiradi, shu tufayli organizmga ko‗p miqdorda kislorod yetkaziladi. 
Jigar va yog‗ hujayralari qonga ko‗plab glyukoza va yog‗ kislotalarini ajratadi, 
binobarin, miya va skelet mushaklari energiya manbai bilan yaxshi ta‘minlanadi. Bu 
o‗zgarishlarning barchasi, organizmning qiyin ahvoldan chiqishiga qaratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin