114
Emadigan bolaning labiga tegish ritmik emish harakatlarining kelib chiqishiga
sabab bo‗ladi. Bu
emish refleksidir.
Halqumning orqa devoriga biron qattiq narsa
bilan ta‘sir etilganda odam refleks yo‗li bilan qusishi mumkin
(qusish refleksi).
Ko‗zning shox pardasiga biror narsa tekkanda ko‗z qovoqlari yumiladi
(korneal
refleks).
Ko‗zga ravshan yorug‗lik tushganda ko‗z qorachiqlari torayadi
(qorachiq
refleksi).
Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba‘zilari spinal reflekslardir, ya‘ni ular
yuzaga chiqishi uchun orqa miyani butun bo‗lishi kifoya. Baqa boshidan judo
qilingach uning oyog‗ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
mushak reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekasiya reflekslari ham
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‗yin yoki ko‗krak segmentlarining
to‗g‗risidan ko‗ndalangiga qirqib qo‗yilganda ham bu reflekslarni kuzatish mumkin.
Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarga (ya‘ni uzunchoq miya
reflekslarining) misol bo‗ladi, qorachiq refleksi esa o‗rta miya neyronlarining
muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan mezensefal refleksga misol bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: