G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta’sirotlar kuchiga bog‘liq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

4.7. Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta’sirotlar kuchiga bog‘liq 
ekanligi 
Bir xil sharoitda hayvondagi shartli refleks miqdori uning vujudga kelishi uchun 
asos bo‗lgan shartsiz refleks kuchiga, shuningdek shartli ta‘sirot kuchiga bog‗liq. 
Masalan, tovush bilan ta‘sir etib turib, itning oyoq terisiga juda kuchsiz elektr toki 
bilan ham ta‘sir etilsa, vujudga keltirilayotgan shartli refleks zaif, omonat bo‗lib 
chiqadi. Bordi-yu, shartsiz ta‘sirot kuchi oshirilsa, kuchliroq va barqaror 
himoyalanish refleksi vujudga keladi. 
Shartli refleks miqdori shartsiz ta‘sirot kuchiga bog‗liq ekanligini tekshirib, 
shartsiz stimulning absolyut kuchi emas, balki shu stimul tufayli yuzaga chiqadigan 
qo‗zg‗alish intensivligi hal qiluvchi rol o‗ynashi aniqlandi. Masalan, tajribadan oldin 
to‗yg‗izilgan itda ovqatlanish shartsiz reflekslari susaygan bo‗lib, shartli refleks 
miqdori shunga yarasha kamayadi. 
Shartsiz ta‘sirot kuchi doimo bir xilda turganda shartli refleks miqdori signal 
ta‘sirotning jismoniy kuchiga bog‗liq. Bu kuch qancha ortiq bo‗lsa, shartli refleks 
o‗shancha kuchli bo‗ladi. 
I.P. Pavlov ana shu ma‘lumotlarga asoslanib, kuch nisbatlari qonunini ta‘riflab 
bergan. Bu qonun shartli refleks miqdori shartli ta‘sirot kuchiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
bog‗liq ekanligini ko‗rsatadi. 
Ammo, «kuch qonuni» faqat muayyan doirada amal qiladi — har qanday shartli 
ta‘sirot uchun kuch chegarasi bor, bu chegaradan o‗tgach ta‘sirotni kuchaytirish 


127 
shartli reaksiyaning susayishiga sabab bo‗ladi. 
4.8. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar 
Shartli refleksni shartsiz refleks asosidagina emas, ilgari vujudga keltirilgan 
boshqa shartli reflekslar negizida ham hosil qilish mumkin. Ayni vaqtda tajribalar 
quyidagicha o‗tkaziladi. Shartsiz ta‘sirot, masalan, ovqat berish bilan bir vaqtda 
qandaydir tashqi indifferent signal ham qo‗llaniladi. Shu signalga, masalan, 
qo‗ng‗iroq tovushiga doir shartli refleks vujudga keltirilgach va mustahkamlangach, 
qo‗ng‗iroq tovushiga yangi indifferent signal ham qo‗shiladi, masalan, terisi 
qashiladi. Bu holda avval terini bir necha sekund qashib turiladi, so‗ngra qo‗ng‗iroq 
tovushi qo‗shiladi. Shu ish bir necha marta takrorlanadi. Ilgari teri qashilganda hech 
ovqat berilmay, faqat boshqa shartli signal qo‗llanilgan bo‗lsa, endi terini qashish 
shartli refleksni vujudga keltira boshlaydi. 
Signalni shartsiz ta‘sirot bilan birga qo‗llanish orqali vujudga keltirilgan shartli 
reflekslar 
birinchi tartibdagi shartli reflekslar deb ataladi. 
Tashqi indifferent signal 
(misolimizda — terini qashishni) ilgari birinchi tartibdagi barqaror shartli refleksni 
vujudga keltirgan shartli signal (qo‗ng‗iroq tovushi) bilan birga qo‗llanish asosida 
hosil qilingan shartli reflekslar esa 
ikkinchi tartibdagi shartli reflekslar 
deb ataladi 
(45-rasm). 
Ikkinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish uchun shu shartli refleksni 
yuzaga chiqaradigan signal birinchi tartibdagi shartli signaldan kamida 10—15 
sekund ilgari ta‘sir etishi zarur. 
Indifferent signalni ikkinchi tartibdagi shartli signal (ta‘sirlovchi) bilan birga 
qo‗llanib, itda uchinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirish mumkin. Hayvon 
oyog‗iga elektr toki bilan ta‘sir etib, himoyalanish harakat reflekslarini vujudga 
keltirish tajribalarida uchinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish mumkin bo‗ldi. 
Itda to‗rtinchi tartibdagi shartli reflekslarni vujudga keltirib bo‗lmaydi. Bolalarda 
oltinchi tartibdagi shartli reflekslar tasvir etilgan. 


128 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin