G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Iz shartli reflekslari.
Har xil tashqi signallarning ta‘sir etishigina emas, balki 
ta‘sir etmay qo‗yishi, masalan, yoritilgan xonaning qorong‗ilatilishi, tonning 
jaranglamay qo‗yishi, shovqinning to‗xtashi ham iz shartli refleksining signali bo‗lib 
qolishi mumkin. 
Iz shartli refleksini (masalan, ovqatlanish refleksini) vujudga keltirish uchun 
shartsiz refleksni signal ta‘sir etayotgan vaqtda emas, balki uning ta‘siri 
to‗xtaganidan keyin muayyan vaqt (1-3 minut) o‗tgach qo‗llash zarur. Bu holda 
signalning o‗zi shartli refleksni vujudga keltira olmaydi, ammo u to‗xtagach so‗lak 
ajratish shartli refleksi vujudga keladi. Buning ma‘nosi shuki, shartli signalning katta 
yarim sharlar po‗stlog‗idagi izi hayvon uchun signal ahamiyatini kasb etadi. 
Vaqtga doir shartli reflekslar
. Vaqtga doir maxsus shartli reflekslar 
mavjudligini I. P. Pavlov isbot etib berdi. Itga har 10 minutda ovqat berib turilsa, 
shartli refleks vujudga keladi. Bu refleks shundan iboratki, itga avvalgi safar ovqat 
berilgach 10 minut oxiriga yaqin so‗lagi oqa boshlaydi va ovqat idishi sari 
harakatlanish reaksiyasi ro‗y beradi. Itlarda muayyan vaqt bo‗lagiga doir oyoq bukish 
— himoyalanish shartli refleksini xuddi shu yo‗l bilan vujudga keltirish mumkin. 
Buning uchun tajriba vaqtida itning oyog‗iga muttasil bir xil vaqtdan keyin, masalan, 
har 5 minutda elektr toki bilan ta‘sir etish zarur. 
Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni ham vujudga keltirsa bo‗ladi. Masalan, 
itga har kuni muayyan soatda ovqat berilsa, o‗sha soatga yaqin hali ovqat 
berilmasdan turib, me'da shirasi chiqa boshlaydi. 
Mehnat va turmush rejimi doimo birday turganda — muayyan soatlarda 


126 
ishlaganda, muayyan vaqtda ovqatlanganda, har kuni ma‘lum vaqtda yotib uxlaganda 
— vaqtga doir har xil shartli reflekslar odamda ham kuzatiladi. 
Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mexanizmlari har xil. 
Minutlar 
hisobidagi 
qisqa 
vaqtda 
asab 
markazlarining 
holatiga 
qo‗zg‗aluvchanligining o‗zgarishiga, muayyan darajasiga, avvalgi ta‘sirot iziga doir 
shartli reflekslar hosil bo‗ladi. Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni butun 
organizm holatiga, xususan, modda almashinuvi, hazm a‘zolari faoliyatining holati va 
intensivligiga doir reaksiyalar deb tushunish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin