G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Markaziy asab tizimidagi sinapslar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

1.7. Markaziy asab tizimidagi sinapslar 
Sinapslarning tuzilishi. Bitta neyrondan ikkinchi neyronga yoki neyrondan 
effektor hujayraga (mushak yoki sekretor) axborot morfologik jihatdan ixtisoslashgan 


39 
kontaktlar – 
sinapslar
orqali uzatiladi. Neyronning somasida joylashgan sinapslar – 
aksosomatik
, dendritdagi – 
aksodendrit
va akson terminalidagi – 
aksoaksonal 
deyiladi.
Asab impulsini o‗tkazish usuli bo‗yicha sinapslar 
kimyoviy, elektrli 
va
 aralash
bo‗ladi. 
Kimyoviy sinaps.
Yuksak organizmlarda neyronlar o‗rtasida qo‗zg‗alishni 
kimyoviy usulda o‗tkazuvchi sinapslar sonli ko‗pdir (15-rasm). Ularda presinaptik 
qism, sinaptik tirqish va postsinaptik qism mavjud. Presinaptik qism aksonning 
bo‗yida yoki uchida bir qismini kengayishi tufayli hosil bo‗ladi. Presinaptik qismida 
granulali (d=50 nm, mayda yirik granulali pufakchalar 80-100 nm kattalikda bo‗ladi) 
va agranulali pufakchalar (d=40-50 nm) mavjud. Pufakchalar tarkibida mediatorlar 
bor. 
Presinaptik 
kengaygan 
joyda 
mediatorlar 
sintezini 
ta'minlovchi 
mitoxondriyalar, mikrotolachalar, glikogen granulalari va boshqalar mavjud. Ko‗p 
sonli qo‗zg‗alishlar paytida mediatorlarning zahirasi kamayadi. Sinaps orqali asab 
impulsi faqat bir tomonga – birinchi aksonning ketingi apparatidan ikkinchi neyronga 
o‗tish qobiliyatiga ega. Neyronning bunday muhim xususiyati reflektorli yoylarning 
dinamik polyarizasiyalanishi asosida yotadi. Mayda granulali
15-rasm. Sinapsning tuzilishi.
1 – аксосоматик синапс; 2 – аксодендрит синапс; 3 – аксоаксонал синапс 


40 
pufakchalarda 
noradrenalin, 
yiriklarida 
katexolaminlar, 
agranulalilarda 
– 
agranulositlar mavjud. 
Qo‗zg‗alishni o‗tkazish mexanizmi. Pufakchalar ko‗rinishida ishlab 
chiqariladigan mediatorlar, ular keladigan asab impulslari ta‘siri ostida sinaps 
oralig‗iga chiqariladi, keyin postsinaptik membranaga diffuziyalanadi va uning 
strukturaviy komponentlari – ma‘lum bir oqsilli-lipidli majmualari bilan o‗zaro 
hamkorlik qiladi. Natijada, postsinaptik membrananing natriy ionlari uchun o‗tkazish 
imkoniyatini 
qisqa 
muddatga 
ortadi. 
Bu, 
postsinaptik 
membranani 
depolyarizasiyasiga va qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensialni paydo bo‗lishiga olib 
keladi. Ushbu potensial kritik darajaga yetganda harakat potensialini tarqaluvchi 
qo‗zg‗alishi paydo bo‗ladi. Aksonning birlamchi segmenti membranasi 
depolyarizasiyasining past kritik darajasiga ega bo‗lgani tufayli harakat potensiali, 
avvalambor, neyronning shu uchastkasida paydo bo‗ladi va keyinchalik shu joydan 
akson bo‗ylab va hujayra tanasiga tarqaladi. 
Elektrik sinapslar
. Afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: charchoqning kamligi, 
ichki va tashqi muhit o‗zgarishlariga chidamlilik, uning ishlashini yuqori 
ishonchliligi, sinaptik ushlanib qolishni bo‗lmasligi. 
Kimyoviy kabi elektrik sinaps ham pre-, postsinaptik membranalaridan, 
kichikroq kenglikdagi (20-4 nm) sinaptik tirqishdan iborat va vezikulalari bo‗lmaydi. 
Ikkita membranasi o‗zaro oqsilli ko‗prikchalar – konneksonlar bilan bog‗langan. 
Ushbu ko‗prikchalar sinapsning qaytariluvchi uyasimon strukturasini hosil qiladi. 
Uyalar yaqin joylashgan membranalarning uchastkalari bilan chegaralangan. 
Membranalar qo‗shilgan uchastkalarda kanallar mavjud bo‗lib, ular orqali hujayralar 
ayrim mahsulotlar bilan almashishlari mumkin. Bayon qilingan shakllardan tashqari 
sinapslar surunkali tirqish tuzilishiga ega bo‗lishi mumkin. 
Elektrik 
sinapslarning 
funksiyasi, 
avvalambor, 
organizmning 
tezkor 
reaksiyalarini ta'minlash bilan bog‗liq. Ularni hayvonlarning qochishi, xavfdan 
qutilishini ta'minlovchi strukturalarida joylashishini shu bilan tushuntirilsa kerak. 
Aralash tip
. Bu tip turli funksiyalarni ta‘minlovchi neyronlarni bog‗laydi. 


41 
Ularni afferent va efferent neyronlar oralig‗ida uchratish mumkin. Ular kam 
o‗rganilgan. Qushlarda uchraydi: bunday sinapsning bir qismi signalni kimyoviy, 
boshqa qismi esa elektr yo‗l bilan o‗tkazadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin