45
neyronlar qo‗zg‗alishni bevosita effektor neyronga o‗tkazadi, u esa, o‗z navbatida,
effektorga o‗tkazadi. Bu, monosinaptik reflektor yoy hisoblanadi.
Boshqa holatlarda reflekslar ikkita emas, balki uchta va undan ko‗p neyronlar
ishtirokida amalga oshiriladi. Bu – polisinaptik reflektor yoy hisoblanadi.
17-rasm.
Uch neyronli (a)
va ikki neyronli (b) reflektor
yoylarning sxemasi.
1
-
mushak
tolalari;
2
-
harakatlantiruvchi uchlar; 3 -
paylar; 4
- paylardagi sezuvchan
uchlar; 5 - afferent, markazga
intiluvchi,
sensor neyron; 6 -
efferent, markazdan qochuvchi,
motoneyron; 7 - oldingi ildizcha; 8
- spinal miya; 9
- ketingi ildizcha;
10 - orqa
kanatning
ko‗tariluvchi
sezuvchan yo‗li; 11 - tushuvchi
harakatlantiruvchi yo‗l; 12 -
oldingi
shoxning
harakatlanti-
ruvchi
hujayrasi; 13 - oraliq
neyron.
Reflektor yoy to‗g‗risida gapirar ekanmiz,
shuni nazarda tutish lozimki, har
qanday reflektor akt ko‗p sonli neyronlar ishtirokida amalga oshiriladi. Ikki yoki uch
neyronli yoy bor-yo‗g‗i sxemadir. Aslida refleks, tananing u yoki bu sohasida
joylashgan bitta emas, balki ko‗p sonli reseptorlarning qo‗zg‗alishi paytida paydo
bo‗ladi. Har qanday reflektorli akt paytida asab impulslari MAT ga o‗tar ekan, unda
keng tarqaladi va uning turli bo‗limlariga yetib boradi. Shuning uchun,
reflektor
reaksiyalarning strukturaviy asosini refleks markazga intiluvchi, markaziy
yoki markazdan qochuvchi neyronlardan iborat neyronli zanjirlar tashkil qilishi
to‗g‗risida gapirish to‗g‗riroq bo‗ladi. Har qanday reflektorli aktda impulslarni
miyaning turli bo‗limlariga o‗tkazuvchi neyronlar guruhi
ishtirok etishi tufayli
reflektorli reaksiyaga butun organizm jalb qilinadi. Haqiqatan ham, agar sizning
qo‗lingizga behosdan igna sanchilsa, siz darhol qo‗lingizni tortib olasiz. Bu reflektor
reaksiyadir, lekin bunda, nafaqat qo‗l mushaklari qisqaradi, balki nafas olish, yurak-
46
qon tomir tizimining faoliyati ham o‗zgaradi. Bir so‗z
bilan aytganda, siz
kutilmaganda ignani sanchilishiga reaksiya qilasiz. Demak, javob reaksiyasida
amalda butun organizm ishtirok etadi. Reflektor akt – organizmning muvofiqlashgan
reaksiyasidir.
Dostları ilə paylaş: